"Bir Qadam" xizmati
Bosh sahifa "Bir Qadam" xizmati

“Bir Qadam” xizmati orqali jo'natmalaringizni 1 KUNda butun O'zbekiston bo'ylab (belgilangan bo'limlar orasida) yetkazib beramiz.

Xizmat qanday ishlaydi?

* Jo'natmangizni UzPostning belgilangan bo'limlaridan birida qoldirishingiz lozim.

* Pochta bo'limidagi operatorlar sizga jo'natmangizni rasmiylashtirishga yordam berishadi.

* To'lovdan so'ng sizga jo'natmangizni uz.post saytida kuzatish uchun trek-kod beriladi.

* Jo'natmangiz belgilangan bo'limga 24 soat ichida yetkazib berilganidan so'ng qabul qiluvchiga sizning jo'natmangiz borganligi haqida SMS orqali xabar beriladi va jo'natmani belgilangan bo'limdan olib ketish mumkin bo'ladi.

* Qabul qiluvchi o'z jo'natmasini olishi bilan sizga jo'natmangiz qabul qilinganligi haqida SMS keladi.

Jo'natish shartlari:

* Jo'natmalarni faqat O'zbekiston ichida amalga oshirish mumkin;

* Bir jo'natma vazni 20 kg dan oshmasligi kerak;

* Sinishga moyil buyumlarni xavfsiz tarzda qadoqlash lozim. Va bu kabi jo'natmalarni UzPost xodimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri UzPost bo'limlarida, jo‘natmangizni qabul qilish mobaynida ham qadoqlab berishi mumkin;

* Yuborish taqiqlangan narsalar roʻyxati bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18 -aprelda 2219-son bilan  ro‘yxatdan o‘tgan buyrugʻining 3-ilovasida tanishish mumkin.

Bo'limlar ish vaqti:
* Dushanba - Juma   9:00 - 17:00
* Shanba   9:00 - 14:00
(yakshanba kunlari va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan bayram dam kunlarida ishlamaymiz)
 

“Bir Qadam” xizmati uchun tariflar

“Bir Qadam” xizmat koʻrsatish bo'limlari xaritasi

“Bir Qadam” bo'limlari ro'yxati va manzillari

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas