Xizmatlar tariflari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin!
Pochta jo'natmalarini ushbu saytning bosh sahifasida mavjud bo'lgan jo'natmalarni kuzatish funksiyasi orqali jo'natma trek-kodini kiritish yo'li bilan amalga oshirish mumkin.
Trek-kod boshida “ikkita harf”, keyin “to'qqizta raqam” va oxirida “ikkita harf” ko'rinishida bo'ladi. Misol uchun, RF270145546CN.
Trek kodi harf bilan boshlanadigan jo'natish turlari:
"C" - oddiy posilka (2 kg dan ortiq), yetkazib berilgunga qadar kuzatuv
"R" - mayda paket (2 kg dan kam), yetkazib berilgunga qadar kuzatuv
"L" - mayda paket (2 kg dan kam), yetkazib berilgunga qadar kuzatuv, qabul qiluvchi mamlakatning pochta operatori orqali qidirilmaydi
"E" - tezkor jo'natish (EMS), ikkinchi harf tartibli hisoblanib, yetkazib berilgunga qadar kuzatuv
"V" - sug'urtali xat
"A" - mayda paket, qabul qiluvchi mamlakat tomonidan kuzatilmaydi, qabul qiluvchi mamlakatning pochta operatori orqali qidirilmaydi
"U" - mayda paket, qabul qiluvchi mamlakat tomonidan kuzatilmaydi, qabul qiluvchi mamlakatning pochta operatori orqali qidirilmaydi
"Z" - mayda paket, qabul qiluvchi mamlakat bo'yicha qisman kuzatuv (faqat qabul qiluvchining pochta bo'limiga kelganligi haqida ma'lumot)
Siz belgilangan manzilga xizmat ko'rsatadigan bo'lim indeksini bu yerda aniqlashingiz mumkin - MENING INDEKSIM
To'ldirish uchun yuklab olish mumkin bo'lgan namunalar
Blanklar namunalari