21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
Bosh sahifa Yangiliklar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
img

   Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35-yilligi joylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, shuningdek, ona tilimiz jonkuyarlari bo‘lmish olimlar, shoir hamda yozuvchilar bilan uchrashuv va suhbatlar bo‘lib o‘tmoqda.

     Bugun shunday uchrashuvlardan biri “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazildi.

    Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, “Shuhrat” medali sohibi Turob Niyoz qatnashib, ishtirokchilarga o‘zbek tilining ahamiyati va jamiyatimizda tutgan o‘rni to‘g‘risida gapirdi:

   –  Hozir mamlakatimizda davlat tili bo‘lmish o‘zbek tiliga juda katta e’tibor berilmoqda. Masalan, 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida yuqori malakali  mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, ayni paytda ona tilimiz dunyo davlatlarining 60 ga yaqin universitet hamda 100 dan ortiq maktablarida o‘rganilmoqda. Shuning o‘ziyoq o‘zbek tilining qadri va obro‘yi kun sayin ko‘tarilib borayotganidan darak beradi. Shundan so‘ng Turob Niyoz ona tilimizga bag‘ishlangan o‘z she’rlaridan o‘qib berdi va qatnashchilarning turli savollariga javob qaytardi.

     Uchrashuv qiziqarli va do‘stona ruhda o‘tdi.

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas