“O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlariga e’lon
Bosh sahifa Yangiliklar “O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlariga e’lon

 

“O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlariga e’lon

 

HURMATLI AKSIYADOR!

 

 

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 65-moddasiga asosan, “O‘zbekiston pochtasi” AJning yirik aksiyadori O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yil 13-iyundagi 07/3-12487-son xat bilan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni va kun tartibiga kuzatuv kengashi a’zolarini qayta saylash masalasini kiritishni so‘rab murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 63-moddasiga asosan Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar jamiyatning kuzatuv kengashiga nomzodlar ko‘rsatishga haqliligi belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash masalasini Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish maqsadida, Sizdan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashi a’zoligiga o‘z nomzodlaringiz bo‘yicha takliflarni 2024-yil 16-iyulga qadar taqdim etishingizni so‘raymiz.

Jamiyatning elektron pochta manzili: info@pochta.uz.

 

 

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas