“O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma
HURMATLI AKSIYADORLAR!
“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2024-yil 15-avgust kuni soat 11:00 da masofadan turib elektron ovoz berish tizimi www.evote.uz orqali o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09:00 dan 10:55 gacha amalga oshiriladi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reestri 2024-yil 9-avgust holatiga tuziladi.
Jamiyatning elektron pochta manzili: info@pochta.uz.
Yig‘ilish kun tartibi:
1. “O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida.
3. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarining yangi tarkibini saylash to‘g‘risida.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda qatnashish va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha masofadan turib ovoz berish uchun id.gov.uz da belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Elektron ovoz berish www.evote.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumot va hujjatlar bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh ofisida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha yoki www.evote.uz veb-sayti orqali tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33
“O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashi