HURMATLI AKSIYADOR!
“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2024-yil 27-iyun kuni soat 12:00 da masofadan turib elektron ovoz berish tizimi www.evote.uz orqali o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 11:00 dan 11:55 gacha amalga oshiriladi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri 2024-yil 21-iyun holatiga tuziladi.
Jamiyatning elektron pochta manzili: info@poshta.uz.
Yig‘ilish kun tartibi:
1. “O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. “O‘zbekiston pochtasi” AJ sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashining 2023-yil yakunlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida.
4. “O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyatining 2023-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotni tasdiqlash to‘g‘risida.
5. “O‘zbekiston pochtasi” AJ korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari hamda Jamiyat tomonidan korporotiv boshqaruv qoidalariga rioya qilinishi monitoringi natijalarini ko‘rib chiqish.
6. “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan 2023-yil yakunlari bo‘yicha ko‘rilgan sof foydani taqsimlash va dividend to‘lash to‘g‘risida.
7. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Bosh direktori vakolatini uzaytirish to‘g‘risida.
8. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq majburiy tashqi auditni o‘tkazish maqsadida 2024-yil uchun auditorlik kompaniyasini tanlash va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash to‘g‘risida.
9. “O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining navbatdagi yillik Umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda affillangan shaxslar bilan joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni dastlabki tarzda ma'qullash to‘g‘risida.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda qatnashish va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha masofadan turib ovoz berish uchun id.gov.uz da belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Elektron ovoz berish www.evote.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumot va hujjatlar bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh ofisida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha yoki www.evote.uz veb-sayti orqali tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33
Jamiyat Kuzatuv kengashi