Pochta jo'natmasi yo'qolgani haqidagi postga nisbatan RASMIY MUNOSABAT
Bosh sahifa Yangiliklar Pochta jo'natmasi yo'qolgani haqidagi postga nisbatan RASMIY MUNOSABAT
img

2024-yil 30-sentyabr kuni Farg‘ona shahri Yangi Zamon 101-uyda yashovchi fuqaro Nodirbek Mahmudov tomonidan "ANTIKORRUPSIYA/расмий" telegram kanalida Latviya internet magazinidan o‘zining nomiga buyurtmani olmaganligi haqidagi murojaat yuzasidan, Farg‘ona ShPABda ichki xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Farg‘ona shahri Yangi Zamon 101-uyda yashovchi fuqaro Nodirbek Mahmudov nomiga Latviya mamlakatidan RA287560253LV raqamli mayda paket Farg‘ona-8 aloqa bo‘limining ishlab-chiqarish hujjatlari o‘rganib chiqilganda yuqoridagi jo‘natma oluvchiga topshirilmaganligi va bo‘limda yo‘qligi aniqlandi. Ushbu jo‘natma xodimlarning e’tiborsizligi oqibatida yo‘qotilgan.

Ushbu holatlar bo‘yicha xodimlar ishi ustidan yetarlicha nazorat olib bormaganligi uchun filialning 2024-yil 30-sentyabr kungi 48-x-sonli buyrug‘i bilan Farg‘ona ShPAB boshlig‘i J.Mamajonovga 20% miqdorida, yetakchi muhandisi Z.Tuychiyeva va 9-aloqa bo‘lim boshlig‘i K.Xoldorovalarga 30% miqdorida intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

2024-yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha mayda paket yo‘qolganligi yuzasidan 15-aloqa shakl idoraviy statistika kuzatuvi Sifat ko‘rsatkichlarida qayd etiladi. RA287560253LV-sonli jo‘natmada yuborilgan mahsulot xodimlarimiz tomonidan qayta buyurtma qilindi va fuqaroga yetkazib berildi.

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas