Shanhay hamkorlik tashkilotinng sammitiga bag’ishlangan mahsus markalar 2022-yilning 12-sentabridan mumalaga chiqarildi. Ushbu pochta markalari 5000 adadda
bo’lib, ularni UzPost pochta bo’limlarida harid qilishingiz mumkin.
Pochta markasida ShHTga aʼzo boʼlgan O‘zbekiston, Qirgʼiziston, Qozogʼiston, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Xitoy va Hindiston davlatlarining bayroqlari, Shanxay hamkorlik tashkilotining logotipi hamda Samarqand shahrining gerbi tasvirlangan. Pochta markasining orqa fonida esa “Registon” maydoni joylashgan.
Shuningdek, sammitga bagʼishlab, Samarqand sammiti logotipi aks ettirilgan maxsus xotira shtempeli tayyorlandi. Ushbu shtamp atrofida tadbirning sanasi va joyi ko'rsatilgan: “SAMARQAND SHAHRI, 14.09.2022, O‘ZBEKISTON”.