RASMIY MUNOSABAT
Bosh sahifa Yangiliklar RASMIY MUNOSABAT
img

    “Шухрат Мусаев” youtube kanalida 2024-yil 7-oktabrda joylashtirilgan videolavhadagi fuqaro Hilola Ostonova 2011-yildan buyon “O‘zbekiston pochtasi” AJ Navoiy filiali tarmog‘ida faoliyat olib borgan. 2018-yildan 2024-yilga qadar u “O‘zbekiston pochtasi” AJ Navoiy filiali Navoiy tumanlararo pochta bog‘lamasi “Navoiy-9” aloqa bo‘limida 3-darajali aloqa operatori lavozimida ishlagan. Ushbu xodimning vazifalariga xat va posilkalarni rasmiylashtirish, ularni tizimga kiritish, gibrid xatlarni (jarimalar, sudga chaqiruvlar va hokazo) pochtachilarga yetkazib berish uchun topshirish kirgan. Bundan tashqari, kommunal to‘lovlarni qabul qilish va elektron pul o‘tkazmalari bilan ishlash kabi vazifalarni ham bajargan. Ayni paytda ushbu xodim bolani parvarishlash ta'tilida.

    H.Ostonovaga 2023-yilning 4-dekabr kuni Navoiy shahar prokuraturasiga yo‘llagan murojaatida keltirilgan bir necha holatlar yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasining 2023-yil 6-dekabrdagi 10.1/4-529682-23 - sonli xati bilan xizmat tekshiruvi tayinlangan. “Navoiy-9” aloqa bo‘limida 2023-yilning 7-dekabr kuni xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Ushbu tekshiruv natijalariga ko‘ra “Navoiy-9” aloqa bo‘limiga kelgan 305 dona xatlar H.Ostonova tomonidan tegishli tartibda keyingi ishlov berish obyektiga yuborilmasdan, hech qanday asossiz o‘zi bilan uyiga olib ketilgan va manzillar bo‘yicha yuborilmasdan tekshiruv kuniga qadar hech kimga ma’lum qilmasdan uyida saqlangan.

   Shunga qaramay, u xatlar yetkazib berilmaganligida va videolavhada o‘zi ta’kidlab o‘tganidek, hojatxonada xatlar saqlashda “Navoiy-9” aloqa bo‘limida ishlaydigan pochtachi hamkasblarini ayblagan. 1 yil oldin bo‘lib o‘tgan tekshiruvimizdagi o‘rganishlar natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, bir necha yildan buyon hojatxonadan hojatxona sifatida foydalanilmasligi va u yerdan faqat farroshlik anjomlari, bo‘sh pochta qoplari va qutilarini saqlash uchun foydalanilgan. Shuningdek, xizmat tekshiruvi natijasida xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga qat’iy rioya qilmaganligi va ko‘pgina xatoliklari aniqlanib, belgilangan tartibda choralar nafaqat H.Ostonovaga, balki “Navoiy-9” aloqa bo‘limi boshlig‘i G.Temirovaga, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Navoiy filiali Navoiy tumanlararo pochta aloqasi bog‘lamasi boshlig‘i Z.Sag‘dullaevga hamda uning o‘rinbosari A.Iskandarovaga ham qo‘llanilgan.

    Videolavhada H.Ostonova aytib o‘tgan va uning faoliyatida aniqlangan 13 million so‘m kamomad masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu kamomad dalillarga ko‘ra boshqa summani tashkil qilgan. “Navoiy-9” aloqa bo‘limi operatori H.Ostonova o‘z faoliyatini olib boradigan korporativ tizim Pochta logistika tizimida login va paroli orqali 1,704 dona 13,251,200 so‘mlik “BEREJLIVOST” MCHJning buyurtma xatlarini dasturdan o‘tkazib, kassa hisobotiga marka uchun (“BEREJLIVOST” MCHJ xodimi A.Rajabova plastik kartochkasidan) 2023-yil 9-martda 1,292,200 so‘m pul mablag‘i hisobotga kirim bo‘lgan. Buning natijasida, H.Ostonova tomonidan 11,959,000 so‘m kamomadga yo‘l qo‘yilgan.

    Bundan tashqari, 2023-yil may, iyun, iyul va oktabr oylarida “BEREJLIVOST” MCHJ xodimi Rajabova Aziza tomonidan pochta orqali yuboriladigan xabarnomali, buyurtmali xatlar uchun operator H.Ostonovaning shaxsiy plastik kartochkasiga telefonidan “Click” tizimi orqali 11,000,000 so‘m pul mablag‘i o‘tkazib berilganligi haqida A.Rajabova ma’lumot bergan va pul o‘tkazganligini isbotlovchi chek nusxalarini telefonidan olib, skrinshotlarini taqdim etgan.

    Shu bilan birga, “Navoiy-9” aloqa bo‘limiga 3 komplekt kompyuter qurilmalari mijozlarga pochta xizmatini ko‘rsatish va aloqa bo‘lim boshlig‘i, operator, pochtachilar tomonidan mijozlarga yetkazilgan jo‘natmalarni amaldagi pochta logistika tizimiga o‘z vaqtida kiritib borish uchun berilgan bo‘lsa, shundan pochtachilar xonasiga o‘rnatilgan 1 komplekt soz holatdagi kompyuter qurilmasini H.Ostonova hech kimning ruxsatisiz va hech kimni ogohlantirmasdan o‘zining yashash joyiga olib ketganligi ham aniqlangan.

    Bizda H.Ostonova tomonidan yo‘l qo‘yilgan barcha xatoliklar, pulni o‘zlashtirish va boshqa bir necha masalalarda dalillar mavjud. Navoiy shahar prokuraturasiga barcha hujjatlar taqdim etilgan. Shu sababli, vakolatli organlar o‘rganib chiqib, o‘z qarorini qabul qilmaguniga qadar hujjatlar va dalillarni oshkor qilishni lozim deb topmadik.

    Hozirda UzPost milliy pochta operatori butun O‘zbekiston bo‘ylab oyiga o‘rtacha 3,000,000 donadan ortiq gibrid xatlarini yetkazib berish uchun qabul qiladi va ularni o‘rtacha 15,4 %  turli xil sabablarga ko‘ra (xodimlar xatosi, qabul qiluvchilarning uyda yo‘qligi yoki manzil topilmaganligi kabi sabablar) yetkazib berish jarayonida muvaffaqiyatsiz yakunlangan yoki o‘z vaqtida yetkazib berilmagan. Bilamizki, rivojlanayotgan tashkilotlarda muammolar uchrab turadi va biz mijozlarimizga va mijozlarimiz xatlarini (shuningdek, boshqa pochta jo‘natmalarini) qabul qiluvchi shaxslarga qulaylik va ishonchlilikni ta’minlash maqsadida, muammolar ustida doimiy va tizimli tarzda yechimlarni ishlab chiqmoqdamiz. Ommaviy axborot vositalarida bunday videolavhalarni tarqatmoqchi bo‘lgan blogerlarga ham bunday holatlarda voqeani ikki tomonlama o‘rganib chiqishlarini va ikkinchi tomondagi ma’lumotlarni ham tahlil qilgan holda ommaga obyektiv holda olingan tahlil videolavhalarni tarqatishlarini iltimos qilib qolgan bo‘lar edik.

 

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas