UzPost faoliyati haqida
Bosh sahifa UzPost faoliyati haqida

UzPost rivojlanishi

Texnologiyaning rivojlanishi bilan pochta xizmati ham juda o'zgardi.

UzPost bugungi kunda MDH davlatlarida 20 yildan ortiq vaqtdan beri zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali sifatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan yetakchi pochta operatorlaridan biri hisoblanadi.

Tashkilot tarixi

1991-yilda milliy pochta birlashmalari va ularning hududiy bo‘linmalarini tuzildi.

1992-yilda “O‘zbekiston pochtasi” konserni (“O‘zbekiston pochtasi”) tashkil etildi.

1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-iyuldagi “Axborot tizimlari sohasini boshqarishni qayta tashkil etish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Axborot tizimlari sohasini boshqarishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining 1997-yil 31-iyuldagi qarori bilan respublikada pochta aloqasi, axborotlashtirish va telekommunikatsiya tizimlarini boshqarishni takomillashtirish, ushbu tarmoqlarga bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida konsern “O‘zbekiston pochtasi” davlat aksiyadorlik jamiyati (DAK) etib qayta tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroridan so‘ng “O‘zbekiston pochtasi” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Ochiq aksiyadorlik jamiyatiga (OAJ) hududiy aksiyadorlik jamiyatlari esa uning filiallariga aylantirildi. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ 2014-yil 6-maydan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” AJ aylandi.

O‘zbekiston pochtasi pochta jo‘natmalarini, davriy bosma nashrlarni tezkor qabul qilish, qayta ishlash va yetkazib berish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish va boshqa ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lgan yirik yo‘nalishlar va pochta korxonalari tarmog‘idir.

Bugungi kunda O‘zbekiston pochtasi bu:

-14 ta hududiy filial

-21 ta tumanlararo pochta aloqasi bog'lamasi

-143 ta tuman pochta aloqasi bog'lamasi

-1804 ta pochta aloqasi bo'limi

-Shaharlar va shahar tipidagi aholi punktlarida 1414 ta yetkazib berish uchaskasi

-Qishloq joylarda 2274 ta yetkazib berish uchastkasi

-25 ta havo yo'nalishi

-300 dan ortiq avtomobil yo'nalishi

-7,9 mingdan ortiq xodim

-2150 dan ortiq pochtachi

Ixtisoslashgan filiallar va ishlab chiqarish:

-“Xalqaro pochtamt”

-"Xalqaro tezkor pochta" (EMS)

-“Matbuot tarqatish”

-"O'zbekiston Markasi"

1994-yil 24-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Umumjahon pochta ittifoqiga a’zo bo‘lib, dunyoning barcha davlatlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Bu dunyodagi eng katta pochta tarmog'idir. U 192 nafar mamlakatni, 5,3 milliondan ortiq xodimlarni, 650 mingdan ortiq pochta bo'limlarini birlashtiradi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ Umumjahon pochta ittifoqi qoshidagi Telematika kooperativining a’zosi hisoblanadi. Biz IFS, PNG, RUGBY, IBIS, PRIME xalqaro axborot tizimlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanamiz.

Pochta tizimini modernizatsiya qilish

2020-yil 5-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida Vazirliklar hamda viloyat, tuman va shahar hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida “Milliy pochta tizimini isloh qilish masalasi” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib, Milliy pochta tizimini rivojlantirish, bozorda raqobatbardosh korxonaga aylantirish hamda Umumjahon pochta ittifoqining Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida mamlakatimizni yuqori o‘rinlarda bo‘lishini ta'minlash maqsadida Milliy pochtani qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Vazirliklar hamda viloyat, tuman va shahar hokimiyat organlariga tegishli topshiriqlar berildi.

2020-yil 5-oktabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son Qarori qabul qilindi. 

Mazkur Qaror bilan:

1. Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan, jumladan:

-xat-xabar tashish va kuryerlik xizmatlarini rivojlantirish;

-elektron tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish;

-xizmatlar bozoridagi pochta aloqasi faoliyatini rivojlantirish.

2. 2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda 2021-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.

3. Har bir viloyatdan 3 tadan tumanlar jami 42 ta tuman namuna sifatida tanlab olinib, o‘sha tumanlarda pochta aloqasi xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.

Jamiyat faoliyatining predmeti va maqsadlari

Jamiyat aholi, tashkilotlar va davlat ehtiyojlarini sifatli va ishonchli pochta aloqasi bilan ta'minlash maqsadida tuzilgan hamda O'zbekiston Respublikasi pochta aloqasining milliy operatori hisoblanadi. 

Shundan kelib chiqib, Jamiyatning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

-aholi, tashkilot va davlat ehtiyojlarini sifatli va ishonchli pochta aloqasi bilan ta'minlash;

-vositalar hamda tarmoqlarni zamonaviylashtirish va texnik qayta ta'minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, pochta aloqasi sohasidagi jahon yutuqlarini tizimga joriy etish;

-bozor islohotlarini yanada rivojlantirish, O'zbekiston Respublikasi pochta aloqasini jahon pochta aloqasi tarmog'iga integratsiyalashuvini ta'minlash;

-pochta aloqasi xizmatlarining monitoringini o'tkazish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, pochta aloqasi tarmoq va texnologiyasini rivojlantirish va takomillashtirish uchun sarmoyalarni, jumladan chet el sarmoyalarini jalb etish;

-pochta aloqasi tarmog'ini barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida Jamiyatning tarkibiy bo'linmalarini boshqarish.

Jamiyat faoliyatining asosiy yo'nalishlari:

-pochta aloqasi xizmatlari bozoridagi talabni qondirish, respublikaning butun hududidagi barcha foydalanuvchilar uchun yagona qoidalar va talablar asosida majburiy tartibda pochta aloqasi universal xizmatlari ko'rsatish;

-pochta aloqasi sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, uni xo'jalik yuritishning bozor sharoitlariga o'tkazish, ko'rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish;

-pochta aloqasi xizmatlari va qo'shimcha xizmatlar ko'rsatish uchun pochta aloqasi tarmoqlari va vositalarini erkinlashtirish hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ularni foydalanuvchilarga yaqinlashtirish;

-pochta jo'natmalarini, pochta orqali pul mablag'lari jo'natmalarini xalqaro ayirboshlashni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududida Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish;

-pochta aloqasi tarmoqlarida yozishmalarning maxfiyligini va pochta xavfsizligini ta'minlash;

-marketing tadqiqotlarini tashkil etish, bozor kon'yunkturasini hisobga olgan holda past narxlardagi xizmatlarning yangi turlarini joriy etish yo'li bilan pochta xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshlilikni oshirish;

-pochta aloqasi sifati va ishonchliligini oshirish uchun axborot texnologiyalarini qo'llanish;

-pochta aloqasi sohasida mutaxassislar tayyorlashning yuqori darajasini ta'minlash.

ads
Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas