1868 TOSHKЕNT VA SAMARQAND O‘RTASIDA ILK POCHTA YO‘LI QURILGAN
1873 TOSHKЕNT – ORЕNBURG YO‘NALISHIDA DASTLABKI XALQARO TЕLЕGRAF TARMOG‘I ISHGA TUSHIRILADI
1876 SAMARQAND, YANGI MARG‘ILON, KATTAQO‘RG‘ON VA O‘LKANING BOSHQA SHAHARLARIDA TELЕGRAF ALOQASI YO‘LGA QO‘YILADI
1887 TOSHKЕNTDA MARKAZIY OSIYODA BIRINCHI POCHTA-TЕLЕGRAF IDORASI OCHILADI
1912 TOSHKЕNTDA POCHTAMT BINOSI BUNYOD ETILIB, UNING IKKI BO‘LIMI OCHILGAN
1924 TOSHKЕNT VA SAMARQAND O‘RTASIDA ILK HAVO TЕLЕGRAF TARMOG‘I QURILGAN
Mustaqillik yillarida davlatimiz va jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy infratuzilmasining muhim tarmog‘i hisoblangan milliy pochta tizimini tubdan isloh etish, uni jahon andozalari asosida takomillashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. istiqlolning dastlabki yillaridayoq pochta va aloqa korxonalarini alohida tarmoqqa ajratish, har birining faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalarini aniq-ravshan belgilab berish bilan bir qatorda, pochta aloqa tizimining tashkiliy tuzilmasini tubdan yangilash, xizmat turlarini rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish, malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga katta e’tibor qaratildi.
1991 yili pochta aloqasi va matbuot tarqatish qorxonalari tarkibidagi bo‘limlar negizida pochta aloqasi mustaqil birlashmasi hamda ularning viloyat va tuman bo‘linmalari tashkil etildi. 1992 yili pochta aloqasi korxonalari ta’sischilari yig‘ilishining qaroriga binoan «o‘zbekiston pochtasi» konserni tashkil etildi. 1994 yil 12 fevralda o‘zbekiston respublikasi jahon pochta uyushmasiga a’zo bo‘ldi. mamlakatimizda pochta aloqasi, axborot va telekommunikatsiya tizimlarini boshqarishni yanada takomillashtirish, bu tarmoqlarga bozor mexanizmlarini joriy etish hamda xorijiy sarmoyalarni jalb etish maqsadida o‘zbekiston respublikasi prezidentining 1997 yil 23 iyuldagi «axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 1997 yil 31 iyuldagi «o‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «o‘zbekiston pochtasi» davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. soha rivoji uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan ana shu hujjatlarga binoan, aksiyalarning 75 fozi davlat mulki, 10 foizi mehnat jamoasi ulushi sifatida, 15 foizi esa erkin sotuvga chiqarilishi belgilangan. 2000 yil 31 avgustda o‘zbekiston respublikasi oliy majlisi tomonidan qabul qilingan «pochta aloqasi to‘g‘risida»gi qonun sohada qonunchilik asoslarini mustahkamlash bilan birga, xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish va samaradorligini ta’minlash, pochta xizmatlari bozoridagi raqobatdoshlikni oshirish, pochta aloqasi sohasida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirishga qaratilgan edi. o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2004 yil 19 iyulda imzolangan.
1991 POCHTA ALOQASI VA MATBUOT TARQATISH KORXONALARI TARKIBIDAGI BO‘LIMLAR NЕGIZIDA POCHTA ALOQASI MUSTAQIL BIRLASHMASI VA ULARNING HUDUDIY BO‘LINMALARI TASHKIL ETILDI.
1994 O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI JAHON POCHTA UYUSHMASIGA A’ZO BO‘LDI. BU 100 DAN ORTIQ MAMLAKATLAR BILAN YAQIN HAMKORLIK ALOQALARINI YO‘LGA QO‘YISH UCHUN ZAMIN YARATDI.
1999 TOSHKЕNT ALOQA INSTITUTI (HOZIRGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI) NЕGIZIDA «POCHTA XIZMATI» YO‘NALISHI BO‘YICHA BAKALAVR MUTAXASSISLAR TAYYORLASH YO‘LGA QO‘YILDI.
2000 «POCHTA ALOQASI TO‘G‘RISIDA»GI QONUN SOHADA QONUNCHILIK ASOSLARINI MUSTAHKAMLASH, XIZMAT KO‘RSATISH TURLARINI KЕNGAYTIRISH, MUTAXASSISLAR TAYYORLASH UCHUN ZARUR IMKONIYATLAR YARATDI.
2004 VAZIRLAR MAHKAMASINING «POCHTA ALOQASI SOHASIDAGI FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA»GI QARORIGA BINOAN «O‘ZBЕKISTON POCHTASI» DAK «O‘ZBЕKISTON POCHTASI»AJGA, JOYLARDAGI AKSIYADORLIK JAMIYATLARI ESA UNING HUDUDIY FILIALLARIGA AYLANTIRILDI.
2013 «O‘ZBЕKISTON POCHTASI» AJ BO‘YICHA UMUMIY DAROMAD 2008 YILGA NISBATAN 2,7 BAROBAR KO‘PAYIB, 141230,6 MLN SO‘MNI, POCHTA XIZMATI EKSPORTI 11,7 BAROBAR OSHIB, 2135,5 MING AQSH DOLLARINI TASHKIL ETDI.
«Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 339-sonli qaroriga asosan, «o‘zbekiston pochtasi» davlat aksiyadorlik kompaniyasi «o‘zbekiston pochtasi» ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, aksiyadorlik jamiyatlar esa uning hududiy filiallariga aylantirildi. bugungi kunga kelib, «o‘zbekiston pochtasi» aj 14 ta hududiy filial, 186 ta tuman va shahar, 3200 ta aloqa bo‘limi (ulardan 2296 tasi qishloq joylarda), 2 ta ixtisoslashtirilgan filial – «xalqaro pochtamt» va «xalqaro tezkor pochta», «o‘zbekiston markasi» ishlab chiqarish uchastkasi, pochta jo‘natmalarini uzluksiz yetkazib beradigan 34 ta avia, 1 ta temiryo‘l, 529 ta avtomobil yo‘nalishlaridan iborat pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish, jo‘natish, shuningdek, davlat pensiya va nafaqalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatadigan, kitob obunasi va savdosi bilan shug‘ullanadigan keng tarmoqli tizimga aylandi. bundan tashqari, o‘zbekiston respublikasi prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi «qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» davlat dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga binoan, mamlakatimizning chekka qishloq aholi punktlarida pochta aloqasi xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 20 ta «damas» avtomobili asosida faoliyat yuritadigan ko‘chma bo‘limlar tashkil etildi. albatta, pochta aloqa tizimini yozma xat-xabarlar, davriy matbuot nashrlari, posilkalar va boshqa turdagi pochta jo‘natmalarini bir pochta aloqasi korxonasidan ikkinchisiga yetkazib beradigan pochta tranportisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. pochta jo‘natmalarini har qanday aholi punktiga yetkazish imkoniyatini yaratadigan ana shu pochta transporti tufayli keng tarmoqli pochta aloqasi korxonalari bir maromda ishlaydigan tizimga aylanadi. pochta aloqasi yaxlit tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan pochta transporti mazkur soha oldida turgan asosiy vazifa – pochta jo‘natmalarini o‘z vaqtida va uzluksiz yetkazib berishda, demak, aholiga yuqori malakali xizmat ko‘rsatish borasida hal qiluvchi omil hisoblanadi. pochta transporti ishida yo‘l qo‘yilgan hatto kichkina kamchilik ham soha faoliyatini izdan chiqarishi va pochta jo‘natmalarining o‘z vaqtida yetkazilishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. 1991 yilgacha yurtimiz pochta yo‘nalishlarida asosan ijaraga olingan avtomashinalar va ot-ulovdan foydalanib kelingan. avtomashinalarni ijaraga olish moddiy xarajatlarning ortishiga sabab bo‘lgan. jamiyat avtoparkidagi 48 ta avtomashinaning aksariyati «moskvich ij-2715» rusumli avtomashinadan iborat bo‘lgan. mustaqillik yillarida «o‘zbekiston pochtasi» ajning moddiy-texnik ta’minoti, jumladan, avtotransport xo‘jaligining bazasi tubdan yangilandi. shu yillar mobaynida pochta yo‘nalishlari bo‘yicha davriy matbuot nashrlari va pochta jo‘natmalarini yetkazib berish uchun 773 ta avtomashina xarid qilindi. hozirgi vaqtda viloyatlararo va tumanlararo pochta yo‘nalishlarida pochta jo‘natmalarining saqlanishi va o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlayotgan, ishonchligi va tejamkorligi bilan ajralib turadigan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan «damas» rusumidagi avtomashinadan samarali foydalanilmoqda. magistral yo‘nalishlar bo‘yicha davriy matbuot nashrlari va pochta jo‘natmalarini yetkazib berish uchun yetti tonna yuk ko‘taradigan 6 ta «isuzi» va 2 ta «gazel-33021» avtomashinasi qo‘l kelmoqda. shunday qilib, «o‘zbekiston pochtasi» aj faoliyati zamon talablari asosida taraqqiy etib, yangi-yangi xizmat turlari paydo bo‘lmoqda, mamlakatimiz aholisi va xorijiy mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va samaradorligi yuksalib, ishchi-xizmatchilarning moddiy manfaatdorligi ortib bormoqda. buni istiqlol yillarida «o‘zbekiston pochtasi» aj faoliyatida qo‘lga kiritilgan natijalarda ko‘rish mumkin. masalan, 1999 yilda jamiyat bo‘yicha umumiy daromad 3713,6 mln. so‘mni (shu jumladan, sof foyda atigi 50,0 mln. so‘m) tashkil etgan bo‘lsa, 2008 yilda bu ko‘rsatkich – 52796,3 mln. (sof foyda – 1883,5 mln. ) so‘mni, 2013 yilda esa – 141230,6 mln. (sof foyda – 6535,4 mln.) so‘mni tashkil etdi. «o‘zbekiston pochtasi» ajning pochta xizmatlarini eksportimport qilish borasidagi faoliyati ham diqqatga sazovordir. agar 1999 yilda 738,7 ming aqsh doll. miqdorida pochta xizmatlari eksport qilingan bo‘lsa, 2008 yilda bu ko‘rsatkich – 2123, 3 ming doll., 2013 yilda – 2135,5 ming doll.ni tashkil etdi. bu ko‘rsatkichlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va xo‘jalik faoliyati samaradorligi yildan-yilga yuksalib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2005 yil 19 maydagi «2010 yilgacha pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «o‘zbekiston pochtasi» oaj jamoasi tomonidan sohada avtomatlashtirilgan xizmatlar tizimini yaratish va joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Unda ma’lumotlarni bosqichma-bosqich yetkazib berishning korporativ tarmog‘ini tashkil etish, pochta aloqasi obyektlarini kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari bilan jihozlash hamda zamonaviy xizmat turlarini joriy etish; birinchi bosqichda – barcha filiallar, tuman va shahar aloqa korxonalari hamda pochta aloqasi bo‘limlarining muayyan qismini markaziy ofisga bog‘lash imkoniyatini beradigan telekommunikatsiya tizimini shakllantirish; ikkinchi bosqichda – raqobatdosh va aholining talab-ehtiyojlariga javob beradigan yangi xizmat turlarini joriy etish maqsadida imkon boricha ko‘proq yirik aloqa bo‘limlarini kompyuter va boshqa zarur texnik uskunalar bilash jihozlagan holda yagona tarmoqqa ulash nazarda tutilgan. o‘tgan yillar mobaynida «o‘zbekiston pochtasi» aj tomonidan talay yo‘nalishlarda, jumladan, avtomatlashtirilgan pochta aloqasi xizmatlari tizimini tashkil etish va joriy etish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. 2005–2014 yillar mobaynida yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan «elektron pul o‘tkazmalari avtomatlashtirilgan tizimi» (2005), «ro‘yxatga olinuvchi pochta jo‘natmalarini nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimi»(2011), «to‘lovlarni qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimi» (2012–2013), «pensiya to‘lovlari hisob-kitobi va nazorati avtomatlashtirilgan tizimi» (2012–2013), «obuna avtomatlashtirilgan tizimi» shular jumlasidandir. Ushbu davrda «o‘zbekiston pochtasi» aj va uning filiallarini zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. xususan, 2009 yilning birinchi yarmida «o‘zbekiston pochtasi» aj va uning barcha hududiy bo‘linmalarini avtomatlashtirilgan yagona tizim bilan bog‘lash maqsadida jamiyatning 318 mln. so‘m mablag‘i evaziga 200 ta kompyuter, 192 ta server, 160 ta lazer printeri xarid qilingan bo‘lsa, umuman olganda, 2005–2013 yillar mobaynida «o‘zbekiston pochtasi» ochiq aksiyadorlik jamiyati mablag‘laridan jami 3355,5 mln. so‘m ana shu maqsadlar uchun sarflandi va bugungi kunga kelib, kompyuterlar soni – 3977 taga, serverlar – 230 taga, printerlar – 1931 taga, modemlar – 736 taga, qo‘l skanerlar – 200 taga, uzluksiz elektr ta’minoti uskunalari (UpS) – 2145 taga, fakslar – 147 taga, nusxa ko‘chirish apparatlari – 316 taga yetdi. «o‘zbekiston pochtasi» aj shoxobchalarida «aloqabank» va boshqa banklar bilan hamkorlikda to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish uchun 1265 ta terminal o‘rnatildi. «o‘zbekiston pochtasi» aj veb-sayti (www.pochta.uz) orqali pochta sohasiga oid ma’lumot va xabarlar joylashtirilib, uzuluksiz yangilab borilmoqda. mijozlar jamiyatning internet tarmog‘idagi 4 ta axborot resursi orqali pochta shoxobchalari indekslari, xizmat tariflari, ichki va xalqaro jo‘natmalar haqida ma’lumot olishi, pochta blankalarini to‘ldirish namunalari bilan tanishishi mumkin. o‘zbekiston respublikasi prezidentining 2013 yil 10 maydagi qaroriga muvofiq tasdiqlangan «2012–2016 yillarda yangi xizmatlarni rivojlantirish prognoz ko‘rsatkichlari»ga binoan, pochta aloqasi korxonalarida «paynet» tizimi joriy etilib, rejada belgilangan 49 ta o‘rniga 134 ta shoxobcha tashkil qilindi. bundan tashqari, jamiyat filiallarida tashkil etilgan 14 ta shoxobcha orqali mijozlarga kompyuter, mobil telefon va boshqa texnik uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘lga ko‘yilib, belgilangan reja 148 foizga bajarildi. «o‘zbekiston pochtasi» aj tizimida «alskom», «o‘zagrosug‘urta», «o‘zagroinvest», «yevroaziya insshurans», «kafolat» sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikda yana bir yangi xizmat turi – sug‘urta polislari sotuvi yo‘lga qo‘yilgani diqqatga sazovordir. keyingi yillarda kishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pochta aloqasi xizmatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. masalan, 2012– 2013 yillarda elektron pul o‘tkazmalari xizmatini takomillashtirish maqsadida jahon pochta ittifoqi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining loyihasi doirasida ajratilgan 60 ta kompyuter qishloq joylardagi pochta aloqasi shoxobchalariga o‘rnatildi. 2014 yilning birinchi choragida 2013 yilda sotib olingan 500 ta kompyuterdan 371 tasi qishloq joylardagi pochta aloqa bo‘limlariga o‘rnatilib, ma’lumot uzatish tarmoqlariga ulandi, qolgan 129 ta kompyuterni joriy yilning oxirigacha o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
1930 y. toshkent temiryo‘l vokzali qoshida toshkent pochta aloqasi tarmog‘i (pat) tashkil etiladi. 1972 y.da umumiy maydoni 4000 kv.m.ni tashkil etgan yangi bino qurilib, foydalanishga topshirilgan va pat temiryo‘l vokzali qoshidagi pochtamtga (toshtvqp) aylantirilgan. 1975 y.dan boshlab u toshkent shahar pochta aloqasi ishlab chiqarish boshqarmasi tarkibida faoliyat yuritgan, 1985 y.dan esa o‘zbekiston aloqa vazirligi tarkibiga kiritilgan. 90-y.da mazkur pochtamtda har kuni 445 mingta xat, 44 mingta posilka, davriy nashrlardan iborat 29 mingta qop, 5 mingdan ziyod qimmatbaho banderollarga ishlov berilgan. mustaqillikdan keyin ushbu pochtamt zimmasiga mamlakatimizga kelayotgan va yurtimizdan ketayotgan xalqaro pochta jo‘natmalariga ishlov berish hamda almashuv vazifasi yuklanishi e’tiborga olinib, 1993 yilning 1 martidan boshlab o‘zbekiston respublikasi aloqa vazirligi buyrug‘i bilan toshkent temiryo‘li qoshidagi pochtamtga «xalqaro pochtamt» maqomi beriladi.
1997 yili u davlat tasarrufidan chiqarilib, aksiyadorlik jamiyatiga, o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2004 yil 19 iyuldagi «pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan esa «o‘zbekiston pochtasi» oaj tarkibidagi «xalqaro pochtamt» ixtisoslashtirilgan filialga aylantiriladi. «xalqaro pochtamt» tarmoqdagi tunu kun, dam olish kunisiz faoliyat yuritadigan yagona korxona hisoblanadi. bu yerda har kuni o‘rtacha 2700 ta buyurtma va qimmatbaho xatlar, 1300 ta oddiy va buyurtma banderollar, 400 ta mayda paket va 200 kg oddiy xatlar, 450-500 posilka, davriy nashrlardan iborat 250 ta qopga ishlov beriladi. bugungi kunda mazkur filial o‘zbekiston respublikasining xalqaro pochta almashuvi bosh markazi sifatida jahon pochta uyushmasiga a’zo 100 dan ziyod mamlakat bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. hozirgi vaqtda 28 mamlakat (jumladan, 21 ta xorijiy va 7 ta mdh davlati) bilan xalqaro pochta almashuvi, shuningdek, ichki magistral yo‘nalishlarda, xususan, qoraqalpog‘iston respublikasi, xorazm va surxondaryo viloyati bilan pochta almashuvi (haftasiga olti marta) «o‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi reyslari orqali amalga oshiriladi. toshkentdan andijon, navoiy, buxoro, qarshi shaharlariga avtotraktlar bo‘ylab borib qaytadigan avtomashinalar vositasida qolgan viloyatlar bilan ichki pochta almashuvi, toshkent – olot – toshkent hamda toshkent – qoplonbek – toshkent xalqaro yo‘nalishlarida turkmaniston va qozog‘iston bilan xalqaro pochta almashuvi izchil yo‘lga qo‘yilgan. toshkent – Ufa – toshkent temiryo‘l magistral yo‘nalishi bo‘ylab qatnaydigan poyezddagi pochta vagoni orqali rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro pochta almashuvi amalga oshirilmoqda. bundan tashqari, filialning pochta va matbuotni avtotransportda tashish sexida «iSUzU» Saz nQR71pl rusumli 6 ta, shuningdek, 2 ta «o‘zotoyo‘l» va 2 ta «o‘zotoyo‘l» , 2ta «gazel» rusumli zamonaviy yuk avtomashinasi faoliyat yuritmoqda. aj rahbariyatining ko‘magi bilan har yili ikkita avtomashina xarid qilish hisobidan filial avtoparki yangilab borilmoqda. avtomashinalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilarning jismoniy holatini uzluksiz nazorat etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. bugungi kunda filial bo‘yicha pochta va matbuotni tashishga yo‘naltirilgan avtotraktlar soni 9 taga yetdi va hafta mobaynida ular bosib o‘tadigan masofaning umumiy uzunligi 16111 km.ni tashkil etadi. albatta, filialning transport bo‘linmasi faoliyatini takomillashtirish, xususan, harakatlanish yo‘nalishlari, harakat jadvaliga rioya etish, yonilg‘i sarf-harajati, avtotransport bosib o‘tgan masofa va harakat tezligini nazorat qilish, avtotransport vositalaridan ruxsat etilmagan maqsadlarda foydalanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. ana shu maqsadda «newmax technology» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yaratilgan «teltonika fm 2200 GpS» qurilmasidan 10 ta komplekt xalqaro pochtamt filialidagi o‘nta yuk tashish avtomashinasiga o‘rnatildi. o‘tgan davr mobaynida mazkur qurilmadan foydalanish natijasida pochta avtomashinalari bosib o‘tadigan masofa va yoqilg‘i moylash materiallari 25 foizga, avtoparkning ishlamay turgan vaqti 10 foizga qisqardi, avtotransport vositalarini oraliq ta’mirlash muddati oshdi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari va ehtiyot qismlarni hisobdan chiqarish hollari kamaydi. hozirgi vaqtda xalqaro pochtamt filiali tarkibida quyidagi sex va uchastkalar faoliyat yuritmoqda: – yozma xat-xabarlarni saralash va ishlov berish sexi – ri-1; – xalqaro pochtaga ishlov berish sexi– ri-2,3; – ayrboshlash va jo‘natish sexi – ri-1-7; – mexanizatsiya sexi; – ko‘chma xizmat sexi; – avtotransport sexi; – aviapochtaga ishlov berish va almashish uchastkasi; – xalqaro pochta jo‘natmalarini qabul qilish va topshirish uchastkasi; – pochta xavfsizligi xizmati – sifat xizmati; – ishlab chiqarish laboratoriyasi; – qop va qoplash guruhi. mazkur bo‘linmalar, umuman, xalqaro pochtamt faoliyatini takomillashtirish, mamlakatimiz aholisi va xorijiy mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish uchun sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilish, yangi avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishning ahamiyati beqiyosdir. shuning uchun o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2005 yil 19 maydagi qarori asosida ishlab chiqilgan «pochta aloqasi tarmog‘ini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturi»da ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida xususiy tadbirkor «yusuf ahmedov», «syberSoft» xususiy korxonasi, «RebiC» mchj bilan hamkorlikda «pochta xatxabarlar o‘tishini nazorat etish avtomatlashtirilgan tizimi» yaratilib, aksariyat sex va uchastkalar faoliyatiga joriy etildi. yildan-yilga takomillashtirib borilayotgan mazkur tizim har bir jo‘natmani shtrix-kod (xos raqam) bilan belgilash, sex va uchastkalardagi ish joylarini avtomatlashtirish, xalqaro pochtamt bilan filiallar o‘rtasida ma’lumotlar almashuvini, pochta jo‘natmalarining avtomatik monitoringini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratadi. ayni paytda filialda bo‘linma (sex, uchastka, bo‘lim) rahbarlari uchun statistik hisobotlarni tayyorlash, pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ularga ishlov berish va jo‘natish jarayonlarini nazorat qilish uchun direktor o‘rinbosarlariga statistik monitoring dasturini yaratish, shuningdek, «matbuot tarqatuvchi» aj, «toprint» mchj, boshqa tashkilot va muassasalar bilan elektron ma’lumot almashuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha izchil va keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. bugungi kunda xalqaro pochtamt filialida 303 nafar ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Ulardan 50 nafari oliy, 130 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislardir. shuningdek, filialda mehnat qilayotgan xodimlarning uchdan bir qismi – 130 nafari yosh mutaxassislar ekanini alohida qayd etish lozim. filialda xizmat qilayotgan ishchixizmatchilarning fidokorona mehnati hukumatimiz tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. jumladan, 33 nafar xodim davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlangan, yetti nafar xodim «mohir aloqachi» va «o‘z kasbining ustasi» ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan.
O‘zbekistonda ekspress pochta xizmati jahon pochta uyushmasi kongressining (Vashington, 1987 y.) «pochta idoralari qoshida ekspress pochta – pochta jo‘natmalarini yetkazib berish tezkor xizmatini tashkil etish to‘g‘risida»gi rezolyutsiyasi asosida 1995 y. tashkil etilgan. kongressda dunyoning 190 dan ortiq mamlakatini qamrab olgan ushbu xizmatning logotipi – emS (exspress mail Service –tezkor pochta) ham tasdiqlangan. dastlab tezkor xizmat mchj jamiyat shaklida tashkil etilgan, keyinchalik – 1997 y. «xalqaro tezkor pochta» oaj aylantirilgan. 2004 y. o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 19 iyuldagi «pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «o‘zbekiston pochtasi» oaj filiali aylantirilgan. U o‘zbekistonda emSning bosh operatori hisoblanadi. filial faoliyatining asosiy turi – yuridik va jismoniy shaxslarga tezkor pochta xizmatini ko‘rsatish (xat-xabar, hujjatlar, tovarlarni va hokazo) jo‘natish va yetkazib berish sanaladi. qariyib 15 yildan buyon filial butun dunyo bo‘ylab va mamlakatimiz hududida tezkor pochta jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelmoqda. mamlakatimizda «o‘zbekiston pochtasi» ajning 27 obyekti orqali tezkor pochta xizmati ko‘rsatilmoqda. «xalqaro tezkor pochta» filiali tarkibida tashkil etilgan toshkent, samarqand, andijon, buxoro, farg‘ona, navoiy, nukus shaharlarida faoliyat yuritmoqda. filialda hammasi bo‘lib 38 nafar xodim mehnat qiladi. filialning «xalqaro pochtamt» binosida joylashgan markaziy idorasi barcha zarur asbob-uskuna, texnika va tegishli dasturlar bilan ta’minlangan (misol tariqasida qayd etish, yetkazib berish, pochta jo‘natmalarini kuzatish «piramida» yoki ma’lumot, so‘rovlarga javob olishni ta’minlaydigan «regbi» tizimlarini tilga olish mumkin). toshkent shahrida pochta jo‘natmalarini yetkazib berish.
Bugungi kunda «o‘zbekiston pochtasi» aj tizimida 186 tuman va shahar tarmog‘i hamda 3200 ta aloqa bo‘limlari (ulardan 2296 tasi – qishloq joylarda), 34 ta avia, 1 ta temiryo‘l va 529 avtomobil marshrutini o‘z ichiga olgan bo‘linmalar faoliyat yuritmoqda. bundan tashqari, 20 dan ortiq ko‘chma pochta aloqa bo‘limlari pochta jo‘natmalarini vaqtida va muntazam yetkazib berilishini ta’minlamoqda. pochtani yetkazib berishni tezlashtirish uchun 2840 ta velosiped sotib olinib, hududiy filiallarga yetkazib berildi. hozirgi vaqtda pochta aloqasi obyektlarida 47 ta internet-kafe (ulardan 15 tasi qishloq joylarda) 236 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlanib, aholiga kompyuter xizmatlari ko‘rsatmoqda. barcha hududiy filiallarda, asosiy xizmat turlaridan tashqari, shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatilmoqda. bundan tashqari, aholining zamonaviy axborot-kommunikatsiya negizidagi xizmatlarga talab-ehtiyoji tobora ortib borayotganini e’tiborga olib, hududiy filiallar va ularning pochta bo‘limlarini zamonaviy kompyuter texnikasi va texnologiyalari bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. hududiy filiallardagi pochtaga ishlov berish 15 ta shoxobchasi va 150 ta pochta aloqa tarmoqlari pochta jo‘natmalarini qayd etish avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga ulangan. hududiy filiallarda «aloqabank» va joylardagi boshqa bank muassasalari bilan birgalikda 1551 ta plastik kartochka terminali ( shu jumladan, 45 ta mobil) o‘rnatilib, aholiga xizmat ko‘rsatilmoqda. ayrim filiallarda internet orqali kurer xizmatiga buyurtma olish tizimi joriy etilgan. yaqin kelajakda hududiy filiallar faoliyat samaradorligini yanada oshirish doirasida obuna qilish, pensiyalarni hisobkitob qilish avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni yakuniga yetkazish, 250 ta pochta bo‘limlarini yangi uskuna va mebel jihozlari bilan ta’minlash, shuningdek kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilmoqda.
«Toshkent pochtamti» filialining tarixi o‘tgan asrning dastlabki yillaridan boshlanadi. 1900 yilda toshkent pochta-telegraf aloqa muassasasi negizida tashkil etilgan toshkent pochtamti o‘sha davrlarda shaharning yetakchi pochta korxonasi sifatida pochta, telegraf va telefon aloqasini amalga oshirib kelgan. 1976 yili u toshkent shahar pochta aloqasi ishlab chiqarish-texnik boshqarmasiga aylantirilgan. Uning tarkibiga temiryo‘l qoshidagi pochtamt, aeroportning pochta jo‘natmalari bo‘limi hamda pochtamtning 200 dan ziyod aloqa bo‘limi va 5 ta saralash uchastkasidan iborat ishlab chiqarish uchastkalari va 9 ta tuman aloqa bo‘limi birlashtirilgan. 1988 yili uning tarkibiga «soyuzpechat» agentligining qo‘shilishi munosabati bilan toshkent shahar pochta aloqasi va matbuot tarqatish ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, 1992 yilda mazkur birlashmadan «soyuzpechat» agentligi ajratilib, u «toshkent pochtasi» toshkent shahar davlat ishlab chiqarish birlashmasiga aylantiriladi. 1997 yida o‘zbekiston respublikasi prezidentining 1997 yil 27 iyuldagi «axborot tizimi sohasini boshqarishni qayta tashkil etish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni va o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 1997 yil 31 iyuldagi «o‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «toshkent pochtamti» ochiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi. nihoyat, 2004 yilda o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2004 yil 19 iyuldagi «pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga binoan, «o‘zbekiston pochtasi» davlat aksiyadorlik kompaniyasining «o‘zbekiston pochtasi» ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi munosabati bilan u mazkur jamiyatning «toshkent pochtamti» filialiga aylantiriladi. hozirgi vaqtda 4 ta pochta aloqasi bo‘limidan iborat filialda 1644 nafar xodim mehnat qiladi (ulardan 487 tasi – pochtalonlar). filial xodimlarning aksariyati (83 foizi) – ayollardir. pochta xizmatlari filial tarkibiga kiradigan 158 ta pochta bo‘limi, 3 ta ishlab chiqarish uchastkasi va bosh pochtamt binosidagi shoxobchalar tomonidan ko‘rsatilmoqda. filial tomonidan quyidagi turdagi pochta xizmatlari ko‘rsatiladi: – oddiy va qiymati e’lon qilingan buyurtma xatlarni yetkazib berish (ichki va xalqaro); – oddiy va buyurtma banderollarni yetkazib berish (ichki va xalqaro); – oddiy va qiymati e’lon qilingan banderollarni o‘zbekiston hududida yetkazib berish; – oddiy va buyurtma sekogrammalarni yetkazib berish (ichki va xalqaro); – oddiy va qiymati e’lon qilingan posilkalarni yetkazib berish (ichki va xalqaro); – kichik buyurtma paketlarni yetkazib berish (ichki va xalqaro); – bosma nashrlarni o‘ralgan holda yetkazib berish (ichki va xalqaro); – oddiy, telegraf va elektron pul jo‘natmalarini o‘zbekiston hududida yetkazib berish; – oddiy elektron va gibrid xalqaro pul jo‘natmalarini yetkazib berish.
Bundan tashqari, filial kurer xizmatlari (pochta kartochkalari, xatlar, banderollar, posilkalar va o‘ralgan holda bosma nashrlarni yetkazib berish); qo‘shimcha xizmatlar (pochta markalari va filateliya mahsulotini sotish, posilkalarni saqlash, aholi tomonidan jo‘natilayotgan posilka va banderollarni, posilkalarni mato bilan o‘rash, pochta jo‘natmalariga manzilni yozish, pochta blankalarini to‘ldirib berish, abonent qutilaridan foydalanish, jo‘natuvchilar iltimosiga binoan posilkalarni qaytadan o‘rash, posilka va banderol qutilari va qoplarni sotish, faksimil xabarlarni qabul qilish va jo‘natish; shartnoma asosida xizmatlar (gazeta, jurnal, kitoblarga obuna qilish, pensiya, nafaqa va telegrammalarni yetkazib berish, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlariga imkon yaratish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni (elektroenergiya, gaz, isitish, issiq suv va hokazo), shahar telefoni uchun abonent to‘lovlarini qabul qilish, davriy nashrlar, jurnallar, kitoblar, xalq iste’moli mollarini sotish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi xizmatlar ko‘rsatish (internetdan foydalanish punktlari – internetkafelar, elektron pochta, nusxa ko‘chirish ishlari, ma’lumotlarni elektron vositalarga yozish, veb-sayt orqali pochta xizmatlari uchun va qayd etilgan pochta jo‘natmalari haqida ma’lumot berish va hokazo)