Qadoqlash tartibi
Bosh sahifa Qadoqlash tartibi

Yordam

Pochta jo‘natmalarini qadoqlash tartibi

Pochta xodimlari joʻnatma tarkibining xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishlari uchun joʻnatma pochta boʻlimiga ochiq holatda olib kelinishi zarur.

Joʻnatma qadogʻini, nima va qayerga joʻnatilishi kerakligidan kelib chiqqan holda, oʻzingiz tanlaysiz. Oʻzingiz tekshirib koʻring:

Joʻnatma xavfsiz tarzda qadoqlangan hamda pochta xodimlari va qabul qiluvchining hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazmaydi;

Qadoq yetkazib berish vaqtida joʻnatma tarkibiga zarar yetmasligi uchun yetarli darajada mustahkam;

Qadoqqa pochta manzili va boshqa pochta belgilarini qoʻyish mumkin;

Joʻnatmani texnik vositalar yordamida qayta ishlash mumkin;

Qadoq kiyim va boshqa pochta joʻnatmalarini ifloslantirmaydi;

Qadoq pochta uskunalari va boshqa joʻnatmalarga zarar yetkazmaydi;

Joʻnatmani turli xil idishlarga (yogʻoch yoki qogʻoz quti, xalta, qalin qogʻoz, polietilen va boshqalar) qadoqlashingiz, joʻnatmaning alohida elementlarini qadoqlashingiz, qopqoqlarni muhrlashingiz va amaldagi tariflarga muvofiq qoʻshimcha toʻlov evaziga joʻnatma tarkibining ventilyatsiyasini taʼminlashingiz mumkin.

Mahalliy pochta joʻnatmalarini qadoqlashda pochta konvertlari, polimer materiallardan tayyorlangan maxsus konvertlar (masalan, polietilen), qalin qogʻoz, gʻiloflar, qutilar, xaltalar, sumkalar, havo oʻtkazgichli paketlar, gofrokarton qutilar va boshqa turdagi qadoqlardan foydalanilishi mumkin.

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas