Qadoqlash xususiyatlari
Bosh sahifa Qadoqlash xususiyatlari

Yordam

Har xil turdagi joʻnatmalarni qadoqlashning oʻziga xosliklari

Texnika va elektronika

Bunday turdagi joʻnatmani xavfsizlik nuqtai nazaridan gofrokarton qutiga qadoqlang. Barcha boʻshliqlarni mos toʻldirgich bilan toʻldiring (penoplast, pufakchali oʻram, gofrokarton).

Kiyim va yumshoq mahsulotlar

Yumshoq qobiqqa (mato, cho‘ziluvchan plyonka) qadoqlanishi mumkin. Qadoqning suv o‘tkazmasligiga ishonch hosil qiling (selofan yoki polietilen bilan o‘rang, ochiq qolgan joylarini skotch yordamida yoping).

Shisha va boshqa sinuvchan mahsulotlar

Uch qavatli gofrokarton yoki yog‘och qutiga qadoqlang. Oldindan joʻnatmaning har bir elementini pufakchali oʻram bilan alohida-alohida oʻrab oling, buyumlar orasidagi barcha boʻshliqlarni va qutining pastki qismini mos toʻldirgich bilan toʻldiring (penoplast, pufakchali oʻram, gofrokarton).

Suyuqliklar

Hajmi 6 litrgacha boʻlgan plastik yoki metall idishlarni, shu jumladan, purkagichli idishlarni uch qavatli gofrokarton qutiga qadoqlang va suyuqlik tashqariga oqib chiqmasligi uchun ikki qavat choʻziluvchan plyonka bilan oʻrang.

Suyuqliklar va suyuq holatga oson o‘tadigan moddalar (soklar, siroplar, yog‘lar, murabbo, asal, mevalar va boshqalar) zich berkitilgan idishlarga joylashtirilishi kerak. Har bir idish idish shikastlanganda suyuqlikni shimib olish uchun yetarli miqdordagi tegishli himoya materiali bilan to‘ldiriladigan maxsus mustahkam qutiga joylashtirilishi kerak. Qutining qopqog‘i u oson ochilib ketmaydigan qilib mahkamlanishi kerak.

Quruq moddalar

Quruq boʻyoqlarni (anilin sink, rangsiz va rang beruvchi kukunlar) mustahkam idishga (yogʻoch yoki qogʻoz quti, xalta) qadoqlang hamda uni ham alohida qutiga joylashtiring.

urug‘lar, pistalar, yong‘oqlar, quruq mevalar, un va boshqa sochiluvchan moddalar pishiq mato, klyonka, plyonkadan tayyorlangan qopchalarga, pishiq qog‘oz paketlarga o‘rovlanadi va qutilarga yoki karton qutilarga joylanadi.

Yoyiluvchan materiallar

Kamida 2 qavat choʻziluvchan plyonka bilan oʻrang va boshqa idishga (xalta, yogʻoch yoki qogʻoz quti) joylashtiring.

Urug‘lar, pistalar, yong‘oqlar, quruq mevalar, un va boshqa sochiluvchan moddalar pishiq mato, klyonka, plyonkadan tayyorlangan qopchalarga, pishiq qog‘oz paketlarga o‘rovlanadi va qutilarga yoki karton qutilarga joylanadi.

Tirik organizmlar

Tirik asalarilar, drozofil oilasiga mansub pashshalar, zuluklar va parazitlar yogʻoch qutiga joylashtirilishi lozim. Qutining barcha tomonlari mahkam oʻrnatilgan va vintlar yoki mixlar yordamida mustahkamlangan boʻlishi zarur. Qutida shikastlanmagan va diametri 2 millimetrdan oshmaydigan teshiklarga ega boʻlgan mustahkam setkadan iborat ventilyatsiya tuynugi boʻlishi talab etiladi. Manzil qayd etilgan tomonda “Ehtiyot boʻling, asalarilar” belgisi tushiriladi.

Nozik asbob-uskunalar

Qattiq idishga qadoqlang. Yetkazib berish vaqtida shikastlanishining oldini olish maqsadida himoya materiali bilan oʻrang. Shisha qismlarga ega boʻlgan asboblarni maxsus mahkamlagichlar yordamida qutilarga joylashtiring.

Yangi uzilgan sabzavotlar va mevalar

Yon qismlarida ventilyatsiya teshiklariga ega boʻlgan yogʻoch, faner, uch qavatli gofrokarton qutilarga yoki pastki qismi qattiq (konus shaklidagilardan tashqari) va ustiga mustahkam mato qoplangan toʻqima savatlarga joylang.

Moʻyna va hayvonlardan olingan materiallar

Kemiruvchilarning maxsus ishlovdan o‘tkazilmagan mo‘yna va terilari, shuningdek, jun, tuk, yol, pat va yunglar veterinariya guvohnomasi bo‘lgan taqdirda, gazlama (xalta) yoki polietilenga, so‘ngra qutiga qadoqlanadi. Agar bitta manzilga bir nechta shunday joʻnatmalar yuborilsa, ularning har biriga veterinariya guvohnomasi ilova qilinadi.

Daraxt koʻchatlari va koʻchatli butalar

Bir qavatli havo-pufakchali oʻram yoki gofrokarton yordamida qadoqlang, soʻngra gofrokarton qutiga joylashtiring yoki koʻchat hajmidan kelib chiqib ikki qavatli choʻziluvchan plyonka bilan oʻrang. Shuningdek, maxsus naychaga ham qadoqlash mumkin.

Muhim eslatma

Oʻlchamlari va ogʻirligi Xizmat koʻrsatish qoidalarida nazarda tutilgan parametrlardan oshmaydigan qatlanmaydigan buyumlar (yozuv taxtalari, bolalar chanalari, avtoshinalar, chamadonlar, bidonlar, butun yogʻoch yoki metall boʻlagidan yasalgan buyumlar va boshqalar) qadoqsiz holda yuborilishi mumkin, oʻtkir va kesuvchi buyumlar bundan mustasno.

Yirik oʻlchamdagi va ogʻirlikdagi joʻnatmalarni tashish uchun yogʻoch palletlardan (joʻnatmalarni palletlash) foydalaniladi. Bu joʻnatma tarkibi va boshqa joʻnatmalarning yaxlitligini taʼminlaydi.

Yirik oʻlchamdagi joʻnatmalar ajraladigan qismlarga ega boʻlgan yoki ularning shakli bu yoki boshqa joʻnatmalarning shikastlanishiga sabab boʻlish ehtimoli mavjud boʻlgan taqdirda, palletlashdan tashqari, yogʻoch panjaralar (yogʻochdan ishlangan ramka) va mahkamlashdan foydalaniladi. Tarkib havo-pufakchali oʻram bilan oʻraladi va penoplast toʻldirgich bilan mahkamlanadi. Tekis yogʻochdan foydalanish taqiqlanadi.

Oʻrnatilgan parametrlarga mos keladigan, joʻnatma tarkibi xavfsizligini taʻminlaydigan va boshqa joʻnatmalarga zarar yetkazmaydigan ishlab chiqarish yoki zavod qadogʻidagi (yogʻoch qutilar va mustahkam karton qutilar) boʻlinmas buyumlar qoʻshimcha qadoqlashsiz qabul qilinadi.

Maʼlumotnoma: ochiq holda yuborish uchun ichki pochta joʻnatmalari qiymati maʼlum qilingan va tarkibi koʻrsatilgan holda qabul qilinadi. Boshqa ichki xatlar, qiymati maʼlum qilingan banderollar va posilkalar jo‘natuvchining iltimosiga binoan ochiq va/yoki yopiq tarzda topshirilishi mumkin.

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas