Xizmatlar
Bosh sahifa Xizmatlar
"Bir Qadam" xizmati
  • “Bir Qadam” xizmati orqali jo'natmalaringizni 1 KUNda butun O'zbekiston bo'ylab (belgilangan bo'limlar orasida) yetkazib beramiz.
  • Xizmat qanday ishlaydi?
  • * Jo'natmangizni UzPostning belgilangan bo'limlaridan birida qoldirishingiz lozim.
  • * Pochta bo'limidagi operatorlar sizga jo'natmangizni rasmiylashtirishga yordam berishadi.
  • * To'lovdan so'ng sizga jo'natmangizni uz.post saytida kuzatish uchun trek-kod beriladi.
  • * Jo'natmangiz belgilangan bo'limga 24 soat ichida yetkazib berilganidan so'ng qabul qiluvchiga sizning jo'natmangiz borganligi haqida SMS orqali xabar beriladi va jo'natmani belgilangan bo'limdan olib ketish mumkin bo'ladi.
  • * Qabul qiluvchi o'z jo'natmasini olishi bilan sizga jo'natmangiz qabul qilinganligi haqida SMS keladi.

  • Jo'natish shartlari:
  • * Jo'natmalarni faqat O'zbekiston ichida amalga oshirish mumkin;
  • * Bir jo'natma vazni 20 kg dan oshmasligi kerak;
  • * Sinishga moyil buyumlarni xavfsiz tarzda qadoqlash lozim. Va bu kabi jo'natmalarni UzPost xodimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri UzPost bo'limlarida, jo‘natmangizni qabul qilish mobaynida ham qadoqlab berishi mumkin;
  • * Yuborish taqiqlangan narsalar roʻyxati bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18 -aprelda 2219-son bilan  ro‘yxatdan o‘tgan buyrugʻining 3-ilovasida tanishish mumkin.

    Bo'limlar ish vaqti:
    * Dushanba - Juma   9:00 - 17:00
    * Shanba   9:00 - 14:00
    (yakshanba kunlari va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan bayram dam kunlarida ishlamaymiz)
     
  • “Bir Qadam” xizmati uchun tariflar
  • “Bir Qadam” xizmat koʻrsatish bo'limlari xaritasi
Biz quyidagilarni jo`natamiz
  • Oddiy, buyurtmali va qo'shimcha qiymatli xatlar (ichki va xalqaro);
  • Oddiy va ro'yxatdan o'tgan otkritkalar (ichki va xalqaro);
  • Oddiy va ro‘yxatdan o‘tgan banderollar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida qiymati e’lon qilingan banderollar;
  • Oddiy va moslashtirilgan sekogrammalar (ichki va xalqaro);
  • Qiymati e'lon qilingan oddiy posilkalar (ichki va xalqaro);
  • Moslashtirilgan kichik paketlar (ichki va xalqaro);
  • Bosma nashrlar (mahalliy va xalqaro);
  • O‘zbekiston Respublikasida oddiy pul o‘tkazmalari va elektron pul o‘tkazmalari;
  • Oddiy va elektron xalqaro pul o'tkazmalari.
Qo'shimcha ravishda
  •  Pochta markalari va filateliya mahsulotlarini sotamiz;
  •  Posilkalarni saqlaymiz;
  •  Banderol va posilkalarni qadoqlaymiz;
  •  Posilkalarni mato bilan yopamiz;
  •  Pochta jo'natmalariga manzillarni yozamiz, pochta blankalarini to'ldiramiz;
  •  Jo‘natuvchining iltimosiga binoan posilkalarning qadoqlarini o‘zgartiramiz;
  •  Posilka qutilari, qoplar va banderollarni qadoqlash uchun qutilar sotamiz.
Kurerlarimiz vazifalariga quyidagilar kiradi
  • Otkritkalarni yetkazib berish (ichki va xalqaro);
  • Xatlarni yetkazib berish (ichki va xalqaro);
  • Banderollarni yetkazib berish (ichki);
  • Posilkalarni yetkazib berish (ichki va xalqaro);
  • Bosma nashrlarni (mahalliy va xalqaro) tarqatish.
Kelishilgan holda
  • Gazeta va jurnallarga obunani qabul qilamiz;
  • Davriy nashrlar, jurnallar, kitoblar va boshqalarni yetkazib beramiz;
  • Kommunal xizmatlar (elektr, gaz, issiqlik, issiq suv va h.k.) va statsionar telefon obunasi uchun to'lovlarni qabul qilamiz;
  • Davlat xizmatlari uchun to'lovlarni qabul qilamiz (60dan ortiq davlat xizmatlari);
  • Davriy nashrlar, jurnallar, kitoblar va boshqalarni sotamiz;
  • Xalq iste'moliga kiruvchi maxsulotlar sotamiz;
  • Bank xizmatlarini ko'rsatamiz.
Quyidagi zamonaviy xizmatlarni taqdim etamiz
  • Biz o'z Internet-kafelarimizda Internetga kirishni ta'minlaymiz;
  • Biz nusxa ko'chirish ishlarini bajaramiz;
  • Biz ma'lumotlarni disklarga, flesh-disklarga, boshqa saqlash vositalariga yozamiz;
  • Biz Internet orqali pochta markalari va filateliya mahsulotlarini sotamiz;
  • Biz pochta indekslari, tariflar, jo'natmalar haqida onlayn ma'lumot beramiz;
Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas