1159. “XXXI Olimpiada o‘yinlari Rio-de-Janeyro”
Bosh sahifa Markalar katalogi 1159. “XXXI Olimpiada o‘yinlari Rio-de-Janeyro”
1159. “XXXI Olimpiada o‘yinlari Rio-de-Janeyro”
image

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 23 maydan “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi. Pochta markalari Pio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI Olimpiada va XV Paralimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan. Pochta markalarida: shtangachi va uzunlikka sakrayotgan sportchi tasvirlangan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 42x30 va 30x42 mm. Adadi 8 ming nusxa.

 

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas