14 aprel kuni Toshkentda postkrosserlarning birinchi xalqaro uchrashuvi bo‘lib o‘tdi!
Bosh sahifa Yangiliklar 14 aprel kuni Toshkentda postkrosserlarning birinchi xalqaro uchrashuvi bo‘lib o‘tdi!
img

14-aprel kuni O‘zbekiston Aloqa tarixi muzeyida postkrosserlarning birinchi xalqaro uchrashuvi bo‘lib o‘tdi! Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadan 26 nafar postkrosser ishtirok etdi.

Ishtirokchilar ko’p kutilgan otkritkalar bilan almashishdi, kvest va kvizda faol qatnashishdi, meyl-art bo‘yicha master-klass o‘tkazishdi, yangi tanishlar orttirishdi va UzPostdan yoqimli sovg‘alarga ega bo‘lishdi.

Biz dunyoning turli mamlakatlaridan bo‘lgan sevimli mashg‘ulotlariga ishtiyoqmand shaxslar bir-birlari bilan uchrashib, xursandchiliklarini baham ko‘rib, yangi ishtirokchilarga jozibador postkrossing olamini ochib bergan ushbu tadbirni qo‘llab-quvvatlaganimizdan juda mamnunmiz!

Shuningdek, ushbu uchrashuvni o‘z binosida o‘tkazish imkoniyatini bergan O‘zbekiston Aloqa tarixi muzeyi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.

UzPost – doimo yoningizda!

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas