Har yili 21-oktabr yurtimizda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Aynan 1989-yil ushbu sanada “O‘zbek tili to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilingan.
2022-yil 20-oktabr kuni UzPost binosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKTsKT fakulteti Gumanitar fanlar kafedrasi assistentlari Karimova Gulchehra va Ibadullayeva Gulhayolar tomonidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘zbek tili hamda uning ahamiyati mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda o‘zbek tilini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, o’zbek tilining izohli lug‘ati yildan yilga takomillashib boyitilib borayotgani, idoralararo hujjat almashinuvida o‘zbek tili borasida yo’l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar hamda ularning yechimlari kabi masalalarda o‘zaro fikr almashildi.