Joriy yilning 7-may kuni Toshkent shahridagi IT-park majmuasi hududida joylashgan Vazirlik binosi, “Congress hall” (1-qavat)da 7 may – Aloqachilar kuni munosabati bilan raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yuqori darajada yuksalishi hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelayotgan bir guruh soha xodimlarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.