O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-361-son qarori asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur chora-tadbirda Abu Rayhon Beruniy siymosi tushirilgan pochta markalari turkumini va konvertni yaratish topshirig‘i berilgan hamda tadbirlarni bajarilishi bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlangan.
Mazkur qarorning ijrosini o‘z vaqtida bajarish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” AJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy siymosi hamda olim ijodiga oid elementlar tasvirlangan pochta markalarining eskizlari tayyorlandi va tasdiqlandi.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 8-sentabrdan buyuk olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.
Turkum 4 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalar bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 42x30mm, pochta blokining o‘lchami 120x100mm. Adadi 2000 nusxa. Dizayner – Yusupaliyev U.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan
1609. “Asturlob”. Nominali 15 600 so‘m1610. “Kvadrant”. Nominali 15 600 so‘m1611. “Oy bosqichlari”. Nominali 15 600 so‘m1612. “Yer globusi va osmon sferasi”. Nominali 15 600 so‘m