Barcha to'lovlaringiz uchun fiskal belgili chek berilishi shart
Bosh sahifa Yangiliklar Barcha to'lovlaringiz uchun fiskal belgili chek berilishi shart
img

Barcha to'lovlaringiz uchun fiskal belgili chek berilishi shart!

“Oʼzbekiston pochtasi” АJ tomonidan soʼngi yillarda pochta sohasini rivojlantirish, aholiga koʼrsatilayotgan xizmat sifati va salmogʼini oshirish, yaxshilashga qatʼiy eʼtibor qaratilmoqda. Bunda pochta xodimlari jonbozlik koʼrsatmoqdalar.

Lekin guruch kurmaksiz boʼlmaganidek tizimda baʼzi nopok xodimlar tomonidan bugungi kunda pul mablagʼlarini oʼzlashtirish, kamomadga yoʼl qoʼyish holatlari uchrab turibdi.

Pul mablagʼlarini oʼzlashtirishlarga qarshi kurashish va kamomadga yoʼl qoʼyilishini oldini olish maqsadida, tizimda “Moliyaviy va operatsion Nazorat” boʼlimlari faoliyat olib bormoqda. Ushbu boʼlimlar tomonidan 2021 yilda jami 12 ta xududiy filiallar va uning tarkibidagi 28 ta pochta bogʼlamalarida oʼrganishlar oʼtkazilgan boʼlib, 15 ta holatda aniqlangan kamomadlar oʼrganish jarayonida bartaraf etilgan, 16 ta holatda aniqlangan kamomadlar boʼyicha maʼlumot huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

2022 yilning oʼtgan davri davomida 6 ta hududiy filial va uning tarkibidagi 13 ta pochta bogʼlamalarida oʼrganishlar oʼtkazilib, 4 ta holatda aniqlangan kamomadlar oʼrganish davomida bartaraf etilgan boʼlsa, 14 ta holatda aniqlangan kamomadlar boʼyicha maʼlumot huquqni muxofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan. Barcha holatlarda jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib keltirilgan zararni undirish boʼyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha matbuotda eʼlon qilingan Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi holat shu holatlardan biridir.

Shu bilan birga, pochta tizimini transformatsiya qilish, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, toʼlovlarni qabul qilishda inson omilini kamaytirish, axborot xavfsizligini lozim darajada taʼminlash maqsadida 2300 dona kompьyuter, 2000 dona printer va koʼp funktsiyali uskuna, 1700 dona termoprinter, 1700 dona chek printeri, 2800 dona onlayn mobil qurilma, 1000 dona shtrix kod skanerlari sotib olinib ishlab chiqarish jarayonida foydalanilish yoʼlga qoʼyildi. Ish haqi toʼlash va xaridlar jarayonlari markazlashtirildi.

2021 yilda “Avval” toʼlovlarni qabul qilish va pul oʼtkazmalari dasturiy majmuasi ishga tushirildi. Dastur orqali onlayn tarzda barcha turdagi toʼlovlarni qabul qilish, pul oʼtkazmalarini qabuli va toʼlovini amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, 2800 ta mobil qurilmalar orqali joylarda toʼlovlarni qabul qilish va onlayn toʼlov cheklarini berish yoʼlga qoʼyildi. Dastur Davlat soliq qoʼmitasining Fiskal maʼlumotlar operatori bilan integratsiya qilindi.

Pochta joʼnatmalarini qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizimi ishga tushirilishi natijasida, mijozlarga toʼlov varaqchasini qoʼlda yozib berish amaliyoti bekor qilinib, barcha toʼlovlarni kompьyuter avtomatik tarzda hisoblab mijozlarga tegishli chek taqdim etish amaliyoti yoʼlga qoʼyildi.
2022 yil iyulь oyidan aholiga koʼrsatiladigan barcha pochta xizmatlari uchun fiskal belgili (QR kodli) chek chop etilishi yoʼlga qoʼyildi. Endilikda QR kod taqdim etilmasa koʼrsatilgan xizmatlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Hozirgi kunda barcha ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilayotganligining natijasida pul mablagʼlari aylanmalari shaffoflashishiga, inson omili taʼsiri kamayishiga erishilmoqda, xizmatlar ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, yurtimiz aholisi va mexmonlaridan pochta xizmatlaridan foydalanishda koʼrsatilgan xizmatlar uchun QR-kodli chek talab qilishlarini soʼrab qolamiz. Siz istemolchilarning tashabbusi va yordami asosida tizimda pul mablagʼlari va kamomadga yoʼl qoʼyilishi oldi olinib, pochta sohasini rivojlanishiga katta xissa qoʼshilishiga umid bogʼlaganmiz.

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas