“Dunyo faunasi. Qushlar” turkumiga oid pochta markalari chiqarildi
Bosh sahifa Yangiliklar “Dunyo faunasi. Qushlar” turkumiga oid pochta markalari chiqarildi
img

Qushlar dunyoning barcha mintaqalarida yashaydi. Qushlar ijtimoiy hayvonlarga mansubdir, ular bir-biri bilan vizual va ovozli signallar yordamida aloqa qiladilar va harakatlarni amalga oshiradilar: kommunal uyalar, birgalikda ov qilish yoki yirtqichlardan himoya qilish kabilar. Qushlar umurtqali hayvonlarning eng ko'p va keng tarqalgan guruhi bo'lib, ularning biologiyasining o'ziga xos xususiyatlari tufayli tabiatda va inson hayotida muhim rol o'ynaydi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 30-maydan “Dunyo faunasi. Qushlar” turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari muomalaga kiritildi.

Turkum 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida butun dunyoda keng tarqalgan dekorativ qushlar tasvirlangan. Qushlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalar bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37mm. Adadi 5000 nusxa. Rasmlar muallifi va dizayneri – Zakirov X.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 
 
 
Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas