Endi DXM yoki ichki ishlar organlariga borishingiz, rasmga tushib, hujjatlarga imzo qoʻyib, navbatlar kutib ovora boʻlib yurishingiz shart emas!
Joriy yilning 30-yanvaridan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali olish mumkin.
1. Ariza beruvchi YIDXPda roʻyxatdan yoki avtorizatsiyadan oʻtadi va ariza yuboradi;
2. Ariza shakllantirish jarayonida foydalanuvchining ID karta yoki biometrik pasportidagi rasmdan foydalanishga rozilik bildiradi, rasmdan foydalanishni rad etgan taqdirda yangi rasmga tushish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlinmalariga tashrif buyuradi;
3. Kompyuter yoki mobil telefon yordamida imzo chekadi;
4. Toʻlovlar amalga oshiriladi (BHMning 70 foizi - 210 000 soʻm) va qoʻshimcha toʻlov (25 000 soʻm) evaziga pochta xizmati orqali ikki ish kunida haydovchilik guvohnomasi arizachi bergan manzilga yetkazib beriladi. Agar guvohnomani oʻzingiz borib olishni istasangiz, arizada belgilangan DXMga tashrif buyurasiz.