Pochta sohasidagi jadal o‘zgarishlarga javob berish zarurati tufayli 27-Butunjahon pochta kongressi 1-oktabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida IV kongressni zudlik bilan o‘tkazishga qaror qildi.
Kongressning ochilish marosimida dunyoning 120 dan ortiq davlatidan delegatlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etdi.
Butunjahon pochta ittifoqining navbatdan tashqari IV Kongressi doirasida 6 ta yalpi majlis o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, unda quyidagi masalalar muhokamasi ko'zda tutilgan:
- pochta sektori ishtirokchilarining keng doirasi uchun BPI ochilishi;
- pochta moliya xizmatlari kelajagi;
- pochta sohasi uchun iqlim o'zgarishiga qarshi kurash choralari;
- moliyaviy masalalar;
- pochta sohasining dolzarb masalalari.
Kongressda qabul qilingan qarorlar natijasida Umumjahon pochta ittifoqi aktlariga oʻzgartirishlar kiritiladi.