“Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Haydar Aliyevning 100 yilligiga bag‘ishlangan pochta markasi
Bosh sahifa Yangiliklar “Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Haydar Aliyevning 100 yilligiga bag‘ishlangan pochta markasi
img

Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniy markazi hamda "O'zbekiston pochtasi" AJ bilan hamkorlikda O'zbekistonda pochta markasini nashr etilishi rejalashtirdi.

Ushbu voqea munosabati bilan "O'zbekiston pochtasi" AJ tomonidan tayyorlanib, O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 10-maydan “Haydar Aliyevning 100 yilligi” pochta markasi muomalaga kiritildi. Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etildi. Pochta markasida Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev siymosi Ozarbayjon bayrog'i fonida tasvirlangan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52x37mm, pochta blokining o‘lchami 100x90mm. Adadi 2000 nusxa. Dizayner – Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominal o‘rnatilgan

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas