O‘zbekiston faunasi tarkibining boyligi birinchi navbatda respublikaning geografik joylashuviga bog‘liqdir. Tabiiy, iqlim sharoiti, relefining xilma-xilligi ham o‘z navbatida hayvonot dunyosining xilma-xilligiga taʼsir ko‘rsatadi. O‘zbekistonning har bir o‘ziga xos mintaqasi o‘ziga xos, ko‘pincha noyob fauna vakillariga ega.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 8-sentabrdan “O‘zbekiston faunasi. Umurtqasizlar” turkumiga oid hashoratlarga bag‘ishlangan pochta markalari muomalaga kiritildi.

Turkum 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston hududida uchraydigan hashoratlarning turlari tasvirlangan. Hashoratlarning nomlari lotin tilida berilgan.
Pochta markalar bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. UVI + UV lak qoplamasi. Pochta markalarning o‘lchami 37,2x37,2mm. Adadi 2030 nusxadan. Rasmlar muallifi – Kim A., markalar dizayneri – Mingirov V.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
№1604 | №1605 | |
1600. Mantis religiosa. Nominali – 10 100 so‘m
1601.Eurydema ventralis. Nominali – 11 000 so‘m
1602.Dolycoris baccarum. Nominali – 12 700 so‘m
1603.Graphosoma lineatum. Nominali – 13 900 so‘m