"O‘zbekiston milliy musiqa cholg‘u asboblari" turkumiga oid pochta markalari
Bosh sahifa Yangiliklar "O‘zbekiston milliy musiqa cholg‘u asboblari" turkumiga oid pochta markalari
img

O‘zbekistonning musiqiy madaniyati xilma-xil va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. O‘zbek xalqi musiqiyligi va she’riyati bilan mashhurdir. Siz deyarli har bir o‘zbek xonodonida dutar yoki doyrani uchratishingiz mumkin, bu odamlarning musiqiyligi haqida dalolat beradi. Sharq musiqa asboblari bugungi kungacha barcha bayramlarda yangrab keladi. O‘zbek xalq musiqasi - bu qadimiy torli-chertma, puflama, torli-kamonchali, zarbli cholg‘u asboblarining kombinatsiyasidir.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 30-maydan “O‘zbekiston milliy musiqa cholg‘u asboblari” turkumiga oid pochta markalari muomalaga kiritildi.

Turkum 4 ta pochta markalaridan iborat. Pochta markalarida O‘zbekistonda keng tarqalgan milliy musiqa cholg‘u asboblari tasvirlangan. Pochta markalar bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 42x30mm. Adadi 5000 nusxa. Rasmlar muallifi va dizayner – Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 
 
 

1591. Qo‘shnay.  Nominali – 10 000 so‘m

1592. Karnay. Nominali – 10 000 so‘m

1593. Ud. Nominali – 11 000 so‘m

1594. Do‘mbira. Nominali – 11 000 so‘m

 

 

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas