“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 8-sentabrdan “O‘zbekiston ne’matlari” pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.
Turkum 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida o‘sadigan mevalar tasvirlangan. Mevalarning nomlari o‘zbek tilida lotin grafikasida berilgan.
Pochta markalar bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. UVI + UV lak qoplamasi. Pochta markalarning o‘lchami 37,2x37,2mm. Adadi 2030 nusxadan. Rasmlar muallifi – Kim A., markalar dizayneri – Mingirov V.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
№1600 | №1601 | |
№1602 | №1603 |
1600. “Tarvuz”. Nominali – 10 100 so‘m
1601. “Qovun”. Nominali – 11 000 so‘m
1602. “Qovoq”. Nominali – 12 700 so‘m
1603. “Handalak”. Nominali – 13 900 so‘m