UzPost tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022-yil. 6-dekabrdan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.
Pochta markasida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasining binosi fonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi hamda O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i tasvirlangan bo‘lib, yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil” yozuvi joylashgan.
Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52x37mm. Adadi 3 ming nusha. Dizayner – Yusupaliyev U.
Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.