Pochta xavfsizligi va korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar tashkillashtirildi.
Bosh sahifa Yangiliklar Pochta xavfsizligi va korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar tashkillashtirildi.
img

Joriy yilning 24-26 may kunlari “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Andijon, Namangan hamda Farg’ona filiallarida Pochta xavfsizligi bo’limi hamda komlaens xizmati xodimlari romonidan  pochta xavfsizligi va korropsiyaga qarshi kurash mavzusida seminarlar o’tkazildi.

Tadbirda “O‘zbekistonpochtasi” AJ Pochta xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Mustafoqulov Sobir Jo‘rayevich, Korrupsiyaga qarshi kurash komplaens xizmati yetakchi mutaxassisi Pulatov Ismatulla Xikmatullayevich, Filial direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim va barcha bog‘lama boshliqlari, bosh hisobchilari va filialmutaxassislari ishtirok etdilar.

 

Tadbir davomida Farg‘ona filialida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklami bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish, hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish,  barcha buxgalteriya hisobotlari “1C buxgalteriya 8.3 dasturi”da to‘liq haqqoniy ishlashini yo‘lga qo‘yish, bosh buxgalterlar tomonidan kassa intizomiga rioya etilishi, hamkor korxonalar bilan hisob-kitoblami o‘rnatilgan tartibda amalga oshirilishi hamda pul mablag‘larining saqlanishi va maqsadli sarflanishi bo‘yicha doimiy nazoratga olish, aloqa bo‘limi va operatorlarning hisobotlarini o‘z vaqtida tuzilishini nazorat qilinishi ta’minlash, ishlab chiqarishda aniqlangan xato kamchiliklar bartaraf etish,  “O‘zbekiston pochtasi”AJning 2022-yil 20-iyuldagi 145-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hududiy filiallari va pochta aloqasi obyektlarida kassa operatsiyalarini yuritish bo‘yicha vaqtinchalik qoidalari talablari asosida ishlari tashkil etish kabi masalalar ko’rib chiqildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish uchun tegishli bo’imlarga ko’rsatmalar berildi.

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas