Pochta xizmatlari uchun to’lov amalga oshirilganda fiskal belgili chekni Soliq.uz ilovasida skaner qilib to’lovingizdan bir qismini keshbek sifatida olshingiz mumkin. Ammo pochta bo’limlari orqali Davlat xizmatlari amalga oshirilganda keshbek qaytarilmaydi. Ushbu holat Vazirlar Mahkamasining 12.05.2022 dagi 255-son qarorida belgilab tartibga solib qo'yilgan.
Eslatma: Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kvitansiya berish UzPost majburiyatidir. Ammo, keshbek qaytarish UzPost vakolatiga kirmaydi.