Qo‘ldan qo‘lga — tez va oson!
Bosh sahifa Yangiliklar Qo‘ldan qo‘lga — tez va oson!
img

Qo‘ldan qo‘lga — tez va oson! 

Bugungi kunda, jo‘natmalarni qisqa muddat ichida oluvchiga yetkazib berish xizmatiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Shularni inobatga olgan holda, UzPost tomonidan yana bir yangi xizmat turi joriy qilindi. “Qo‘ldan qo‘lga” deb nomlanuvchi ushbu xizmat hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri va viloyat markazlari (shu jumladan Qo‘qon shahri) hamda Toshkent shahar manzillari bo‘yicha xizmat koʼrsatilmoqda. 

Mazkur xizmatdan foydalangan holda yuborilgan jo’natmangiz shahar, viloyat markazlari ichida 24 soat ichida, bir viloyat markazidan boshqa viloyat markazigacha jo‘natsangiz uzogʼi bilan 78 soat ichida oluvchiga yetkazib beriladi.

Kelgusida qo‘ldan qo‘lga xizmatini butun respublika bo‘ylab joriy qilish hamda UzPost xizmatlarini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas