RASMIY MUNOSABAT!
Bosh sahifa Yangiliklar RASMIY MUNOSABAT!
img

«O‘zbekiston pochtasi» AJ “Toshkent pochtamt” filialiga qarashli 7-pochta aloqa bo‘limi pochtalyoni Leonteva Olga Robertovna 2023-yil 24-iyul kuni o‘ziga biriktirilgan xat xabarlarni yetkazib berish uchastkasida xizmat ko‘rsatayotgan vaqtda foijiali tarzda vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning liftiga chiqqan vaqtida lift to‘xtab qolgan va ichida qolib ketgan.  

«O‘zbekiston pochtasi» AJ Leonteva Olga Robertovnaning vafoti munosabati bilan barcha oila a’zolariga, yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Hozirgi kunda, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan marhumning oila a’zolariga barcha kerakli bo‘lgan tegishli yordamlar ko‘rsatiladi.

Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas