Ushbu holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, bino buzilayotgani va o’rniga boshqa maqsadlarda bino qurilishi mumkinligi haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz.
UzPost milliy pochta operatorining rejaviy rebrending ishlari olib borilayotgani sababli, pochta xizmat ko’rsatish bo’limlari va filiallarini ta’mirlash rejasiga asosan “Xalqaro pochtamt” filiali binosining rekonstruksiya ishlari boshlanganligi haqida xabar beramiz.