“Toshkent hayvonot bog‘i” pochta markalari turkumining chiqarildi
Bosh sahifa Yangiliklar “Toshkent hayvonot bog‘i” pochta markalari turkumining chiqarildi
img

Toshkent hayvonot bog'i 22,7 gektar maydonni egallaydi. Ayni paytda Toshkent hayvonot bog'ida 600 turdagi uch mingdan ortiq hayvon va qushlar mavjud. Toshkent zoologiya bog‘ida 10 dan ortiq hayvonlar ko‘rgazmalari ochilgan – “Akvarium”, “Terrarium”, “Primatlar”, “To‘tiqushlar”, “Qushlar”, “Yirtqichlar”, “Suv qushlari”, “Tuyoqlilar”, “Umurtqasizlar”, "Kichik" sutemizuvchilar", "Vivarium", "Hayvonlar ko'paytirish pitomnigi", "Kontakt hayvonot bog'i", "Kapalaklar uyi". 

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli  texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 15-dekabrdan “Toshkent hayvonot bog‘i” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida Toshkent hayvonot bog‘ida yashovchi hayvonlar tasvirlangan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan. Pochta markalarida Toshkent hayvonot bog‘ining logotipi joylashgan. 

Pochta markalar bir necha rangda ishlangan, UVI+UV-lak bilan qoplangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi ramkali. Qog‘ozi oq silliq.Pochta markalarning o‘lchami 52x37mm. Rasmlar muallifi – Kim G., markalar dizayneri – Mingirov V. Pochta markalarning adadi 2 ming nusxadan.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas