1977-yil 6-noyabrda Toshkent metropolitenining birinchi liniyasi - Chilonzor — ishga tushirildi. Bugun metro Toshkentning timsollaridan biri va haqiqiy yer osti muzeyidir!
Metroga bag‘ishlangan ilk o‘zbek markalari 2007-yilda chiqarilgan. Keyin 2011, 2017 va 2018-yillarda markalarda turli bekatlar tasvirlangan.
Biz Toshkent metrosi mavzusidagi pochta markalari to’plamini tayyorladik. Sizni yer osti transportimizning go'zalligidan bahramand bo'lishga taklif qilamiz.
Sizning sevimli bekatingiz qaysi?