Turkiy dunyoning madaniy poytaxti bo'lgan qadimiy Shusha shahriga bag‘ishlangan pochta markasi
Bosh sahifa Yangiliklar Turkiy dunyoning madaniy poytaxti bo'lgan qadimiy Shusha shahriga bag‘ishlangan pochta markasi
img

Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) tomonidan Shusha shahri 2023 yilda Turkiy dunyo madaniyat poytaxti deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan joriy yilda bir qator loyiha va tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniyat markazi, ikki qardosh davlat Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida hamkorlikda O‘zbekistonda pochta markasini chiqarilishini rejalashtirgan.

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 8-sentabrdan “Shusha – turkiy dunyoning madaniy poytaxti” pochta markasi muomalaga kiritildi. Pochta markasi pochta bloki shaklida chop etildi.

Pochta markasida Shusha qal’asi tasvirlangan. Qorabog'dagi tog' cho'qqisida g'urur bilan ko'tarilgan go'zal Shusha Ozarbayjonning eng go'zal go'shalaridan biridir. Pochta blokining hoshiyasida Ozarbayjonning buyuk madaniyat arboblarining (shoir va musiqachilar) siymolari va Shusha shahrining ramzi hisoblanmish gul tasviridagi logotip joylashgan. Mazkur logotip - Xara bulbul guli bo‘lib, uning go'zalligi va ulug'vorligi haqida ozarbayjon xalqida ko'plab afsona va rivoyatlar aytilgan. Shusha tog‘lari yonbag‘irlarida o‘sgan bu ajoyib gul ko‘p asrlar davomida xalq ertakchilari, ozarbayjon shoirlari va mashhur sozandalari uchun ilhom manbai bo‘lib kelgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52x37mm, pochta blokining o‘lchami 100x90mm. Adadi 2000 nusxa. Dizayner – Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominal o‘rnatilgan

 

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas