Bugun, 2024-yilning 13-may sanasida Umumjahon Pochta Ittifoqining Elektron tijoratning operatsion samaradorligini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy loyihasi (ORE3) – Pochta xavfsizligi bo‘yicha ikkinchi seminari start oldi. Ushbu seminar 13-16may kunlari Toshkent shahrida bolib o’tishi rejalashtirilgan.
Ushbu seminarda Armeniya, Ozarbayjon, Belorussiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Turkmaniston davlarlari pochta xizmatlari vakillari hamda, Umumjahon Pochta Ittifoqi va PostEurop vakillari qatnashmoqdalar.
Seminarning bugungi kun tartibidan ORE-3 milliy yo'l xaritasi va harakatlar rejasi taqdimoti, tadbirda qatnashayotgan pochta operatorlarining xizmatlari sifatini baholash va sifatni yaxshilash uchun aniqlangan kamchiliklarni muhokama qilish va yetkazib berishni elektron kuzatish kabi sohaga oid dolzarb mavzular o'rin olgan.