13-16-may kunlari Toshkent shahrida Umumjahon pochta ittifoqining pochta xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi seminari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan UzPost filiallari xodimlari to‘rt kun davomida xalqaro ekspertlar yig‘ilishlaridagi sessiyalarda ishtirok etishmoqda.
Seminar tadbirlari doirasida muammolarni aniqlash va tayinlangan operatorlarning ish sifatini oshirish, buyurtmali pochta jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha maslahatlar berish, pochta xavfsizligi standartlarini yangilash, bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi hamkorlik va boshqa masalalar muhokamasi joy olgan.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi UPI seminarining maqsadi – elektron tijorat sohasini rivojlantirish va samaradorlikni oshirishdan iborat. Ushbu tadbir tajriba almashish va UzPostning xalqaro aloqalarini yanada rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir!