UzPost Abdulla Qahhor mahallasida ko’ngil ochar tadbir o’tkazdi.
Bosh sahifa Yangiliklar UzPost Abdulla Qahhor mahallasida ko’ngil ochar tadbir o’tkazdi.
img

UzPost Abdulla Qahhor mahallasida ko’ngil ochar tadbir o’tkazdi.

2022-yilning 5-avgust sanasida UzPost kompaniyasi tashabbusi bilan Toshkent shaxrininig Yakkasaroy tumanida joylashgan Abdulla Qahhor mahallasida “Yangi imkoniyatlar kuchi” nomli tadbir o’tkazildi. Tadbir aholiga bayramona kayfiyat ulashish va ularni birdamlikka chorlash maqsadida o’tkazildi. Ko’ngil ochar tadbirda ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholi va mutasaddilar qatnashdilar. Tadbir davomida ajoyib interaktiv o’yinlar, viktorinalar va tanlovlar uyushtirildi. Viktorinada mahallada istiqomat qiluvchi aholi faol qatnashdilar. Eng zukko ishtirokchilar UzPost kompaniyasi mutasaddilari tomonidan sovg’alar bilan taqdirlandi. Shuningdek 5-avgust sanasida o’z tavallud ayyomini nishonlayotgan Mubinaga ham tabrik qo’shig’i hamda UzPost hadyasi taqdim etildi. Tadbirga tashrif buyurgan honandalar kuy qo’shiqlari aholiga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Shu jumladan, ushbu tadbirni o’tkazishda yaqindan yordam bergan Abdulla Qahhor MFY ga UzPost jamoasi o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas