UzPost hayotida ayollar o‘rni
Bosh sahifa Yangiliklar UzPost hayotida ayollar o‘rni
img

 

UzPost hayotida ayollar o‘rni 

Ayolning jamiyatdagi mavqei haqida so‘z ketganda, ko‘z o‘ngimizda To‘maris, Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiy kabi buyuk siymolarimiz gavdalanadi. Ularning hayot yo‘li, dunyoqarashi, mavqei asrlar davomida yurtimiz ayollarining chinakam timsoli bo‘lib kelmoqda. 

Jamiyatimizdagi xotin-qizlarning huquqiy vakolatlarini kengaytirish, faoliyatlarini samaradorligini yanada oshirishga ham katta e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda xotin-qizlar ta’lim-tarbiya yoki sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sport bo‘ladimi – bularning barchasida ayollar yonma-yon turib, fidokorona mehnat qilib va rivojlanib kelmoqdalar. 

Bugungi kunda UzPost tizimida 3574 nafar xotin-qizlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 864 nafari oliy ma’lumotli professional kadrlar hisoblanadi. UzPost tizimida xotin-qizlarning o’rni beqiyos. Kompaniya tomonidan ayollar mehnati munosib qadrlanib ularga keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, ularning madaniy xordiq chiqarib va jismonan dam olishlari uchun turli tadbirlar hamda oromgohlarga yo’llanmanlar tashkillashtiriladi. UzPost xotin qizlarning sifatli oliy ta’lim olishiga jiddiy e’tibor qaratadi.  

Hozirda 5 nafar ayol xodimlar, UzPost homiyligi ostida oliy ta’lim muassasasida tahsil olmoqda. Shuningdek, ayollarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida ular o’rtasida doimiy ravishda kompaniyada sport musobaqalari tashkillashtiriladi, xodimlar oilasida ma’naviy muhitni yaxshilash hamda sog’lom turmush tarzini tadbiq etish maqsadida xotin-qizlar uchun psixolog hamda malakali shifokorlarning bepul ko’riklari ham kompaniya tomonidan doimiy ravishda tashkillashtiriladi. Bu esa kompaniya tomonidan ayollarning jismoniy va ruhiy salomatligiga qaratilayotgan e’tiborining yaqqol misolidir.

UzPost aziz ayollarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy qutlaydi. Doimiy go’zallik va yoshlik hamrohingiz bo’lsin!

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas