UzPost ijroiya apparati binosida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
Bosh sahifa Yangiliklar UzPost ijroiya apparati binosida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
img

Joriy yilning 19-oktabr sansida UzPost ijroiya apparati binosida 21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun hamda .“O‘zbekiston pochtasi” AJ tizimida ishlovchi xodimlarning ish vaqtida “Ichki mehnat tartib qoidalari”ga amal qilishi, ish vaqtida kiyinishi, o‘zini tutishi, jamiyatda radikallashuvni oldini olishga qaratilgan  tushuntirish va targ‘ibot ishlari mavzulariga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili ta‘limi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori К.Mavlonova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni davlat tili rivojida muhim qadam boʻlganligi va ushbu qarorga asosan oʻzbek tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish, uning sofligini saqlash, uning raqamli texnologiyalar asosida faol integratsiyalashuvini taʼminlash kabi real vazifalar asosida davlat tilini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilanganligi haqida so‘zlandi. Tadbir davomida O‘zbek tili va uning imlo qoidalari, tilimizga ilm-fan orqali kirib kelgan chet tillariga oid so’zlar ma’nosi va ularning o‘zbek tilidagi muqobil tarjima so‘zlari mavjud ekanligi, ularni amalda qo‘llash mumkinkigi to‘g‘risida qiziqarli misollar ko‘rinishida tushuntirishlar berildi.


Shuningdek tadbir davomida UzPost Bosh direktori A.Fayzullayev so‘zga chiqib, xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan tomonlarning huquq va majburiyatlari haqida tushuntirishlar berdi.

2023-yil 18-oktabr kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJning “Ichki mehnat tartib qoidalari”  qayta ishlab chiqilganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Tasdiqlangan “Ichki mehnat tartib qoidalari”ga xodimlar tomonidan to‘liq  rioya etilishini ta’kidlandi. Ushbu tartib qoidalari asosida filiallarning “Ichki mehnat tartib qoidalari”ni qayta ishlab chiqishi lozimligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Хodimlar orasida va jamoada diniy radikallashuv kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ham tushuntirishlar berilib, ushbu masala yuzasidan ma’ruza qilish uchun so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitasi Dinshunoslik ekspertizasi boshqarmasi bosh mutaxassisi - Jamshid Ravshanovich Alievga berildi.

J.Aliev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Кonstitusiyaga ko‘ra O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi, har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega ekanligini ta’kidlab o‘tildi.

 

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas