UzPost xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturiga muvofiq Jamiyat tarkibidagi filial direktori o‘rinbosari - Pochta xavfsizligi inspektorlari hamda pochta xavfsizligi bo‘limi boshliqlari uchun 2022-yil 16-18 noyabr kunlari navbatdagi o’quv-seminar pochta xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha tashkil etildi.
Seminarda UzPost boshqaruv apparatiga tegishli bo’lim mutahassislari hamda O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasidavlat bojxona qo'mitasi TIF "Boshpochtamt" bojxona posti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi departament, Favqulotda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departamenti kabi pochta xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha o’zaro hamkor tashkilotlar ma’sullari o’z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Xamkor tashkilotlar mutasaddilari tomonidan o‘quv-amaliy seminar qatnashchilari uchun pochta xavfsizligi yo’nalishiga doir mavzularda ma’ruzalar o’tildi.
Seminar yakuniga ko‘ra ishtirokchilarga UzPost ma’muriyati tomonidan o‘quv-seminarni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.