UzPost yangi saytini ishga tushirdi!
Bosh sahifa Yangiliklar UzPost yangi saytini ishga tushirdi!
img

UzPost yangi saytini ishga tushirdi!

2022-yil 24-oktabr sanasida uz.post domeni ostida UzPost kompaniyasining yangi sayti ish boshladi.

Umumjahon pochta ittifoqining tavsiyasiga muvofiq, “O‘zbekiston pochtasi” AJ uz.post domenini o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ushbu turdagi domenlar faqatgina Butunjahon pochta ittifoqiga a'zo bo’lgan milliy pochta operatorlariga beriladi.

Yangi sayt mijozlarga yengillik yaratish, uzoqlarini yaqin qilish maqsadida ishga tushirildi. Mijozlar ushbu saytida pochta jo’natmalarini kuzatib borish - trekking, shaxsiy kabinetdan yangi jo’natmalarni yaratib, uning shtrix kodini olish, indeks orqali pochta bo’limlarini xaritadan topish kabi asosiy xizmatlardan foydlanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Saytdagi jo’natmani kuzatish bo’limga trek raqamini kiritish orqali mijoz o’z jo’natmasi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni bilishi, jumladan, jo’natma ayni damda qaysi bosqichda, qanday statusda ekanligini kuzatish mumkin. 

Shaxsiy kabinetda mijoz o’z shaxsiy ma’lumotlarini telefoni yoki kompyuteri orqali kiritib shtrix kodni onlayn oladi. So’ngra o’ziga qulay bo’lgan pochta bo’limiga borib jo’natmani tez va oson rasmiylashtiradi. Shaxsiy kabinetdan shtrix kodni onlayn olish imkoniyati mijozni vaqti tejalishiga hamda pochta xodimlari tomonidan mijoz ma’lumotlarini tizimga kiritishda yuzaga keladigan texnik xatolarni oldini olinishga yordam beradi. Bu esa mijozlarning pochta xizmatilaridan tez va sifatli foydalanishini kafolatlaydi.
 


Pochta bo’limini indeks orqali qidirsh funksiyasi orqali mijozlar  xaritadan o’z manziliga yaqin pochta bo’limini topib belgilangan nuqtani bosish  yoki kerakli pochta bo’limi indeksini kiritib pochta bo’limining ish vaqti, indeksi, telefon raqami, manzili haqidagi ma’lumotni oson bilib olishlari mumkin. Yangiliklar bo’limidan esa UzPost faoliyatiga doir so’nggi xabarlardan boxabar bo’lishlari mumkin.


Shuningdek elektron bojxona deklaratsiyasini to’ldirish, UzPost jamoasi, uning filial hamda pochta bo’limlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish, UzPost mutasaddilariga murojaat yo’llash kabi xizmatlarni onlayn amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Saytning mobil ilovasi ham mavjud bo’lib, uni Play Market yoki App Store platformalaridan yuklab olish mumkin.

UzPost - odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi va ularga o‘z maqsadlariga erishishda yordam berish uchun yangi imkoniyatlar yaratamiz!

uz.post 
(71) 236-76-25
info@pochta.uz
 

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas