Yagona milliy tizim
Bosh sahifa Yangiliklar Yagona milliy tizim
img

Yagona milliy tizim nima?

Yagona milliy tizim yuridik shaxslar uchun ishlab chiqilgan xizmatdir. Ushbu tizim idoralararo xat xabar almashuvida qo’l keladi. Ma’lum idora xatni elektron tarzda pochta aloqa bo’limiga yuboradi. Xat kelib tushgan kuni qabul qiluvchiga yaqin bo’lgan pochta aloqa bo’limida chop etiladi va 2-4 kun ichida pochtachi tomonidan belgilangan manzilga yetkazib beriladi.

Yagona milliy tizimdan foydalanishning jo’natuvchi uchun afzalliklari:

- xat-xabarlarni qog‘ozga bosma chiqarish, ularni konvertga solish, manzil rekvizitlarini yozish, pochtaga olib kelish, reyestrlar tuzish va boshqa shu kabi ishlardan holilik;

- pochta jo‘natmalarini elektron shaklda jo‘natish imkoniyati; 

- shtrix-kod orqali tizimdan xatlarni onlayn kuzatib borish imkoniyati.

murojaat uchun tel: 71-232-25-19

 

 

 

Jo'natma kuzatish
Jo'natma raqami kiriting
Kuzatish
Bunday raqamli jo'natama mavjud emas