Eski haydovchilik guvohnomangizni yangisiga almashtirish vaqti keldimi?
my.gov.uz portali orqali haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmatidan foydalaning. UzPost esa guvohnomangizni kiritilgan manzil bo’yicha yetkazib beradi!
1. Ariza beruvchi my.gov.uz saytida ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va ariza yuboradi;
2. Ariza shakllantirish jarayonida foydalanuvchining ID karta yoki biometrik pasportidagi rasmdan foydalanishga rozilik bildiradi, rasmdan foydalanishdan rad etgan taqdirda yangi rasmga tushish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga tashrif buyuradi;
3. Kompyuter yoki mobil telefon yordamida shakllangan yangi haydovchilik guvohnomasiga imzo chekadi;
4. To‘lovlarni amalga oshiradi va arizada belgilangan davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuradi yoki qo‘shimcha to‘lov evaziga UzPost pochta xizmati orqali 2 ish kunida haydovchilik guvohnomasini arizachi bergan manziliga yetkazib beriladi.